Etish metodikasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#152562
1   2   3   4   5
ta-limi-jarayoniga-innovatsion-ta-lim-texnologiyalarini-tadbiq-etish-metodikasi

TADQIQOT NATIJALARI 
Yuqorida qayd etilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish bo’lg’usi professor-
o’qituvchilarni tayyorlash, xususan ularning metodik tayyorgarligiga zamin yaratadigan 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
342 
fanlarning o’qitish metodikasi kurslarini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan 
foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Ta’lim muassasasi o’quv jarayoniga innovatsion ta’lim 
texnologiyalarini joriy etishning samarali yo’llarini yoritish va tegishli metodik tavsiyalarni 
ishlab chiqish professor-o’qituvchilar oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblaniladi, shu 
bilan birga innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llash fanlararo aloqadorlikni amalga oshirishi 
bilan birga ta’lim mazmunini sifat jihatidan to’ldiradi, bo’lajak o’qituvchining metodik 
tayyorgarligini shakllantirishda va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini orttirish 
barobarida ularning metodik tayyorgarligini zamon talablari darajasida tashkil etishga imkon 
yaratadi. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llash nafaqat talaba yoki professor-o’qituvchi 
uchun, balki boshqaruvda ham o’z ijobiy ta’siri ko’rsatadi. Masalan, talabani mustaqil ishlashga 
va izlanishga undaydi, tashabbuskorligini ro’yobga chiqaradi; o’qituvchini o’z ustida uzluksiz 
ishlashini ta’minlaydi, faoliyatini yangilanishiga olib keladi; boshqaruvda esa ta’lim tizimi 
boshqaruvi osonlashadi, innovatsion menejment va sifatni ta’minlaydi. 
Innovatsion pedagogik ta’lim jarayonining muhim jihati shaxsning o’z-o’zini boshqarishi 
va o’zini-o’zini safarbar qila olishi, shu bilan birga talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish 
hisoblaniladi. Bunday yo’nalish talabaning o’quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy 
ixtisoslashishini aniqlab olishini o’z ichiga oladi. Biz quyida innovatsion ta’lim texnologiyalari 
joriy etilgan fizika va astronomiya fanlari o’quv mashg’ulotlaridan namunalar keltiramiz: 
Darsning turi va mazmunidan kelib chiqqan holda, innovatsion ta’lim texnologiyalarini 
tanlash maqsadga muvofiqligi yuqorida qayd etilgan edi. Biz quyida o’quv jarayoniga qadamba-
qadam qo’llaniladigan “Kubik” metodini keltirmoqdamiz. Kubik metodidan darsni 
mustahkamlash vaqtida foydalanilsa, yaxshi natija beradi. 
1-qadam: Talabalarga mavzu o’tilgandan so’ng unga biror tushuncha shakllanadi. 
Shakllangan tushunchani quyidagicha yozish taklif etiladi. 
1. Tasvirlang; 
2. Taqqoslang; 
3. O’xshating; 
4. Tahlil qiling; 
5. Ishlating; 
6. Foydali va zararli tomonlari. 
2-qadam: Masalan, “Kuch” mavzusini o’tgandan so’ng, biz kubik usulini qo’llasak, 
talabalar quyidagicha yozadilar. 
1. Kuch; 
2. Katta, kichik; 
3. Zarb, kuchli, kuchsiz; 
4. Jismga tezlik beruvchi fizik kattalik
5. Jism harakat yo’nalishini o’zgartiruvchi fizik kattalik; 
6. Kuch jism shakli va harakarini o’zgarishiga sabab bo’ladi; 
7. Kuch dinamik va statik namoyon bo’ladi; 
8. Jism harakati-bu kuchning dinamik namoyon bo’lishi; 
9. Jismning deformatsiyalanishi-bu kuchning statik namoyon bo’lishi; 
10. Dinamometr kuchni aniqlaydi. Jismning og’irligini o’lchaydi. Traktorning tortish 
kuchini aniqlaydi; 
11. Ishqalanish kuchi bo’lmasa yurolmaymiz; 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
343 
12. Og'irlik kuchi bo’lmasa yer sirtida yasholmaymiz. 
3-qadam; kuch ta’sirida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalar keltiriladi; kuchli 
shamol, kuchli suv toshqini, vulkan natijasida kuchli portlash, zilzila, kuchli yer qimirlashi 
natijasida ko’p ofatlar keladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə