Etish metodikasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#152562
1   2   3   4   5
ta-limi-jarayoniga-innovatsion-ta-lim-texnologiyalarini-tadbiq-etish-metodikasi

MUHOKAMA 
Shu tariqa o’quv jarayonida talabalar mustaqil ishlab, erkin fikr yuritib “Kuch” mavzusi 
yuzasidan ko’plab qo’shimcha ma’lumotlar oladilar. Talabalarning harakatlar ketma-ketligini 
to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganilayotgan fani asosida xilma-xil fikrlar, 
ma’lumotlar ichidan keraklisini tanlab olishini o’rgatishga qaratilgan innovatsion ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish mumkin: Masalan, “Blits-so’rov” (tezkor so’rov) metodi o’quv 
jarayonida mavzuni mustahkamlashda ham foydalanish samarali bo’ladi. Buni biz yuqoridagi 
“Kuch” mavzusida qo’llaymiz: Ushbu metodga muvofiq savollar o’qituvchi tomonidan beriladi. 
Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik va yakka tarzda qaytarilishi mumkin. 
O’qituvchi talabalarning har biriga tarqatma material beradi va uni sinchiklab o’rganishlarini 
so’raydi. Keyin o’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi
ya’ni keltirilgan kuchlarning ketma-ketligi fizika va astronomiyaning bo’limlari ketma-ketligi 
asosida belgilashlarini jadvalga kiritishlarini so’raydi. 
O’quv jarayonida talabalar bilimini baholashda ”Yozma bahs” metodini joriy etish 
talabalarga o’quv auditoriyasidagi tengdoshlari bilan birgalikda jamoatchilik fikrini 
to’lqinlantirayotgan mavzularda muloqotlarni rejalashtirish imkonini berish. Metod talabalarning 
berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chqurlashtirish sharoitini yaratish, munozara madaniyatini 
o’rgatish va o’z fikrini asoslash qobiliyatini rivojlantirish. Bu metoddan foydalanishda professor-
o’qituvchi talabalarni baholash uchun asos xizmatini o’tovchi ajoyib materialga ega bo’ladi. 
Yozma bahslar metodi bunday muloqotlarni o’quv auditoriyasidagi barcha talabalar ishtirokida 
yozma shaklda o’tkazish imkonini beradi. Baholanayotgan talaba javobini va uning isbotini 
jadval asosida to’ldiradi. 
XULOSA 
Ta’lim tizimida professor-o’qituvchi tomonidan fanning xususiyati va mashg’ulotning 
shakliga ko’ra ta’lim texnologiyasini to’g’ri tanlashi, uni qo’llashi, o’tilayotgan har bir oquv 
mashg’uloti nafaqat ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan bo’lishi, balki 
individual texnologiyalar bilan ham boyitilishi zarur. Ana shunda, innovatsion ta’lim 
texnologiyasi va ularning ta’limga qo’llanishiga oid bilimlar, tajribalar talabalarni bilimli va 
yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə