Etnopsixalogiya va gender muammosi



Yüklə 33,68 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü33,68 Kb.
#143008
  1   2   3   4
ETNOPSIXALOGIYA VA GENDER MUAMMOSI


ETNOPSIXALOGIYA VA GENDER MUAMMOSI

Reja:


  1. Ijtimoiylashuv jarayonlarida gender masalalari.

  2. Gender o’xshashlik bo’yicha nazariyalar.

  3. Mehnatdagi tengsizlik va uning oldini olish chora tadbirlari.

  4. Ayollar harakatining o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishi.

Ilmda gender belgisi bo’yicha farqlar kay tarzda rivojlanishiga bag’ishlangan qator tadqiqotlar o’tkazildi. Gender kamsitishning aksariyat shakllari yuqorida aytib o’tilgan tug’uruqxonadagi gaplardan qo’ra nozikroq, ammo shunday bo’lsada, ular juda rivojlangan va keng tarqalgan.
Ona va bola o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, o’g’il va qiz bilan ota-onalar, hyech qanday farq qilishmayotganligiga ishonch hosil qilgan bo’lsalar ham, turlicha muomala qilishadi. Kattalardan bolani tavsiflashni so’rashganda, javoblar ularning fikricha bola qaysi jinsga mansubligiga qarab farqlanardi. Bir tajriba davomida beshta yosh ona ustidan kuzatuv olib borildi.
Erkaklar xukmronligi
Erkaklar va ayollarning turli jamiyatlardagi vazifasi farqlansa-da, hozirgacha ayollar ustunlik qiladigan jamiyat uchramagan. Barcha joyda ayollarning birinchi gadsagi vazifasi bola tarbiyasi va uy-ro’zg’or ishlari hisoblangan, siyosiy va harbiy faoliyat esa erkaklar ixtiyorida qolgan. Dunyoda erked* lar bolalar tarbiyasi uchun to’liq javobgar bo’lgan joy yo’q. Ayni paytda, mol boqish, hayvon ovlash va dehqonchilik ayollar zimmasiga yuklangan jamiyat ham yo’q. Sanoati rivojlangan davlatlarda mehnat taqsimoti bunchalik yaqqol namoyon bo’lmasa-da, hukmron doiralarda baribir erkaklar ustun.
Erkaklar ustunligi odatda «patriarxat» atamasi bilan izoh-lanadi. Biroq patriarxat nima sababdan umumiy bo’shashish kerak? Bu savolga turlicha javob berish mumkin, eng oddiysi quyidagicha: ayollar farzandni dunyoga keltiradi va boqadi, ayni paytda bolalar ko’p e’tibor talab qiladi. Demak, onalik ayol uchun asosiy vazifa bo’lib qoladi. Chodorou dastavval shunga e’tibor qaratadi. Onaning bolasiga tabiiy yaqinligi shunga olib keladiki, u keyinchalik ham bolasiga g’amxo’rlik qilishda davom etadi. Ayollarning bu vazifasi barcha madaniyatlarga xos: shuning uchun ayollar uchun uy ishi asosiydir. Fransuz yozuvchisi Simona de Bovuar aytganidek, ayollar ijtimoiy hayotda ishtirok etmay qo’ygani uchun ikkinchi darajali jinsga aylanib qolganlar. Erkaklarning ayollardan ustunligi jismoniy kuchi yoki akli tufayli emas. Ayollar homiladorlikning oldini olishda faqat o’z jinsi xususiyatlarigagina tayanishi mumkin edi. Ko’p farzand ko’rish va uy-ro’zg’or ishlarining ko’pligi ularni erkaklarga qaram kilib qo’yar edi.

Yüklə 33,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə