Etnopsixalogiya va gender muammosi


Yevropada xotin-kizlar qarakatining rivojlanishi



Yüklə 33,68 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü33,68 Kb.
#143008
1   2   3   4
ETNOPSIXALOGIYA VA GENDER MUAMMOSI

Yevropada xotin-kizlar qarakatining rivojlanishi
Yevropada xotin-kizlar harakatining paydo bo’lishidagi muhim voqyealardan biri — 1866 yilda 1500 nafar ayol tomonidan imzolangan petisiyaning Angliya parlamentiga topshirilishi bo’ldi. O’sha paytda saylov huquqi isloh qilinayotgan edi va ayollar xotin-qizlarga to’liq saylov huquqining berilishini talab qilishdi. Petisiya e’tiborsiz qoldiriddi. Oradan bir yil o’tgach, ayollar «Xotin-qizlarning saylov huquqlari uchun kurashuvchi Milliy jamiyat»ni tashkil etdilar. Bu guruh ayollari sufrajistkalar, deb nom qozondi. XX asrga kelib, Angliyada feministlar harakati ta’sir kuchiga ko’ra AQShdagi shunday harakatga tenglashib qoldi. Ikki mamlakatda ham ko’pincha namoyishlar o’tkazilar edi. 1908 yilning iyunida Londonda ommaviy miting bo’lib o’tdi va unda yarim milliongy yakin odam ishtirok etdi. Bu davrda feministlar harakati Yevropaning asosiy mamlakatlarida, shuningdek Avstraliya va Yangi Zelandiyada rivoj topdi.
Sufrajistlarning atoqli namoyandasi Emmelin Pankxerst AQSh bo’ylab bir necha bor targ’ibot safarlarida bo’ldi. Bu kurashga qo’shilgan ikkita amerikalik ayol — Elis Peyn va Xarriyet Stanton Blatch 1910 yillarda qator namoyishlar uyushtirishda qatnashdilar.
1920 yildan so’ng Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda xotin-qizlar harakati kasodga uchradi. Biroq bu paytda g’arbning qator davlatlarida (masalan, 1928 yili Buyuk Britaniyada) teng saylov huquqiga erishildi. Xotin-qizlar boshqa jamoatchilik harakatlarida ishtirok etishga intilgan (masalan, ularning ko’pchiligi antifashistik harakatga qo’shilgan) edilar. Ayni paytda harakat rivojida sustlik namoyon bo’ddi. Teng Yevropasidagi kabi feodal tizimlarda tabaqalar mahalliy feodal jamoalar bilan bog’liq edi — o’yining har birida o’z stratifikasiya tizimi shakllangan. Ko’proq markazlashtan davlatlarda, masalan, Xitoy yoki Yaponiyada tabaqalar butun davlat miqyosida shakllanar edi. Ba’zan tabakalar diniy qarashlarga asoslanib farqlanar edi, lekin bu farqlar induizm kastalar tizimichalik qatiy emas edi.
Hozirgi murakkab ziddiyatlarga to'la bizning zamonamiz har xil dramatik hodisalarga boy bo'lib barcha elat va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va ma'naviyatiga ulkan ta'sir o'tkazmoq-da. Ayniqsa, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ayrim etnoslar hayotiga, ularning o'zaro munosabatlari va aloqalariga ham jiddiy o'zgarishlar kiritmoqda.
Jahon aholisi XXI asrga kelib olti milliardga ko'paydi. So'nggi bir asr davomida yer kurrasidagi xalqlar son jihatdan ko'payibgina qolmay, ularning etnik tuzilishi, turmush tarzi va ma'naviy dunyosi ham tubdan o'zgarishga yuz tutdi. Ona tabiat naqadar rang-barang va xilma-xil bo'lsa, yer yuzida yashovchi aholining etnik qiyofasi ham shu qadar rang-barang, turli-tumandir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashagan. Ba'zi manbalarda esa yer yuzida yashovchi katta-kichik etnoslarning soni uch-to'rt mingga yaqin, deb ko'rsatiladi. Shularning 260 tasi bir milliondan ortiq kishiga ega xalqlardan ibo-rat bo'lib, jahon aholisining 96 foizini, dunyoda eng kam sonli aholiga ega bir yarim mingga yaqin elatlar esa bir foizini tashkil qiladi. Tili jihatidan bir-biridan ajralib turadigan etnik birliklarning soni uch mingdan ortiq.

XX asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri bo'ldi. Bu muammolar o'z-o'zidan XXI asrga ham ko'chib o'tdi. Shunday ekan bunday vaziyatda yoshlarning ongi va bilimini, jamiyatni boshqarishga aloqasi bor barcha shaxslarning tasawurla-rini etnologik ma'lumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.


Alalxusus, ushbu darslikda etnologiya fani tushunchasi, uning mohiyati va qisqacha tarixi, asosiy maktablari va yo'nalishlari, et-nogenez va antrogenez, o'ziga xos uslub va atamalar kabi nazariy masalalar ko'rib chiqilgan. Shu bilan birga mazkur fanning hozirgi kundagi eng muhim etnoslararo munosabatlar, umuminsoniy va
umumetnik jarayonlar, etnik guruhlar va irqlaraing o'zaro aloqalari, etnik ong stereotipi va etnik psixologiya kabi ustuvor masalalarga ham alohida e'tibor berilgan.

Etnolog olimlarning juda ko'p ilmiy tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, insoniyat tarixining ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib o'tilgan barcha pog'onalarida kishilar o'zligini anglashga, an'anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma'naviyatini tushunib olishga, ayniqsa, qo'shni elatlarning etnik xususiyatlari va hayotini bilishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Bunday ehtiyoj tufayli ming yillar davomida to'plangan turli elatlar to'g'risidagi boy ma'lumotlar davlatlararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yishga, tinchlik sari yo'nalishga yordam berib kelmoqda. Hatto qadim zamonlarda ayrim mualliflar juda ko'p empirik xarakterdagi ma'lumotlarni muayyan tizimga solishga, xalqlarni xo'jalik va madaniy jihatdan klassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday o'y-fikrlar ilmiy asoslanmagan, mavhum xarakterda bo'lgan.


Jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanishi natijasida ayrim xalq va elatlarning hanuzgacha qoloq ibtidoiy tuzumda, ba'zilari esa o'rta asrlar davri madaniyati darajasida qolganligi ma'lum. Bunday elat va etnik guruhlar Avstraliya, Afrika, Markaziy Amerika va Osiyoning ba'zi yerlarida hozirgacha saqlanib qolgan. Ular juda kam bo'lsalar-da, ammo ibtidoiy urug'-qabilachilik tuzum qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari, patriarxal turmush tarzi an'analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar.

Asli ko'pchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davrlaridan tili yaqin bo'lgan bir necha urug'-qabilalarning birikishi, o'zaro urushlar va ko'chishlar (migratsiya) tufayli aralashib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng kuchli va rivojlangan ko'p sonli elatlar doirasida muayyan ma'muriy, hududiy va til umumiyligi zaminida paydo bo'lishgan. Ular ko'pincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan.


Aytish joizki, hozirgi siyosiy va ilmiy atamalarning ko'pi ikki-ikki yarim ming yillar muqaddam Yunonistonda paydo bo'lgan. Jumladan, hozir ko'p ishlatiladigan «demokratiya» yoki «demografiya» so'zlari qadimgi grek (yunon) tilidan olingan bo'lib, uning negizini «demos», ya'ni tub ma'noda «xalq» degan so'z tashkil etadi. Shu ma'noda, ilk jamiyat asosini tashkil qiluvchi xalq tushunchasini ifodalovchi yana bir atama - «etnos» ham ishlatilgan. Masalan, «demografiya» fani jahon yoki ayrim mamlakat aholisining soni, joylashuvi, tug'ilishi va o'limi, ijtimoiy-jinsiy va yosh tuzilishini, tabiiy o'sish va ko'chish (migratsiya) jarayonini o'rganadi. Lekin, jahondagi xalq va elatlar o'z tili, kelib chiqishi va joylashuvi, moddiy va ma'naviy madaniyati, an'anaviy xo'jaligi, maishiy turmushi va xarakteri, milliy psixologiyasi va urf-odatlari bilan ham bir-biridan ajralib turadilar. Xalqlarning o'zaro tafovuti, umumiyligi yoki o'xshashligini, ularning o'ziga xosligi va xususiyatlarini jiddiy o'rganuvchi maxsus fan sohasi «etnografiya» va «etnologiya» nomi bilan XIX asr o' rtalarida iste'molga kirdi.

«Etnologiya» atamasi, yuqorida qayd qilinganidek, qadimgi yunoncha «etnos» (xalq, elat) va «logos» (so'z, ma'no) so'zlaridan tashkil topgan. Uning asl ma'nosi «xalqshunoslik» deb tarjima qili-nadi. Qadimgi davrlarda greklar «etnos» so'zini boshqa g'ayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlatganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha etnologiya atamasi bilan birga etnografiya, madaniy yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi. Ba'zi yevropalik olimlar etnologiyani nazariy fan, etnografiyani esa ta'riflovchi fan sohasi deb aytadilar. Aslida ikkala atama ham mazmunan sinonim, ya'ni bir ma'noni anglatuvchi tarix fani sohasi desa bo'ladi. Hatto qadimgi yunon mualliflari dastlabki etnografik ma'lumotlarni xalqlarai ta'riflash bilan cheklab qo'ymasdan, balki ularni muayyan guruhlarga bo'lib, ya'ni ilk bora tasniflashga intilib nazariy fikrlarni bayon qilganlar.


XIX asrlargacha «etnologiya» atamasi fanda ba'zan ayrim etnografik jarayonlarni tasvirlashda ishlatilib kelingan. Mazkur atamani xalqlarni va madaniyatlarni o'rganishdagi yangi fan sohasi sifatida birinchi marta fransuz olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda «antropologik», ya'ni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyasini ishlab chiqqan va shu tizimga «etnologiya» so'zini kiritgan. Bu atama qisqa muddatda keng tarqalib mustaqil fan sifatida tanilgan.

Rasmiy ravishda etnologiya mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij etnologiya jamiyatiga asos solingan davrdan boshlab tan olingan. Albatta, bunday holat yengil, murosasiz o'tmagan, yangi fanning predmeti, maqsad va fan olamida tutgan o'rni tevaragida jiddiy ilmiy-nazariy kurashlar bo'lib, ayrim yo'nalish va maktablarni yuzaga keltirgan. Bunday munozara va tortishuvlar hozirgacha davom etib kelmoqda, ayniqsa, mazkur fan atamasi, uning mohiyati va predmeti doirasida turli tushunchalar va mulohazalar mavjud bo'lib, etnologiya atamasini turlicha talqin qilish va izohlash keng ko'lamda shu kungacha saqlangan.


So'nggi vaqtda taniqli tadqiqotchilar etnologiyani tarixiy fan ekanligini ta'kidlab, uni jahondagi barcha elat va xalqlarni, qoloq yoki rivojlangan bo'lishidan qafi nazar, teng, baravar o'rganuvchi fan sohasi deb tan oldilar. XIX asr o'rtalarida g'arbiy Yevropa mamlakatlarida etnologiya fanining tez sur'atlar bilan o'sishi mustamlakachilik siyosatining keng miqyosda o'tkazilishi bilan bog'liq bo'lgan. Mustamlakachi davlatlar Afroosiyo o'lkalarida o'ziga qaram qilib olgan o'lkalarni boshqarish maqsadida har tomonlama xilma-xil etnografik ma'lumotlarga muhtoj edilar. Shuning uchun ham bunday ma'lumotlarni faqat etnologiya yetkazib berishi mumkin edi.

Shuni ham alohida qayd etish lozimki, bu fan sohasi hozirgacha yagona ta'rifga ega emas. Yaqin davrlargacha adabiyotlarda ikki turdagi ta'rif mavjud edi. Barcha ensiklopedik lug'atlarda chop etilgan ta'rif asosan, mashhur rus olimi S.P. Tolstovning so'zlarini qaytalagan. Uning yozishicha, «Etnografiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, bevosita kuzatish yo'li bilan o'rganadigan, mazkur xususiyatlarning tarixiy o'zgarishi va rivoji, xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), joylashuvi (etnik geografik) va madaniy-tarixiy o'zaro munosabatlari muammolarini tadqiq qiluvchi tarixiy fan»dir. M.G.Levin, S.A. Tokarev, Yu.V. Bromley va G.E. Markov kabi mashhur etnolog olimlarning ikkinchi turdagi etnografiya (etnologiya) ta'riflari bir oz qisqa va ixcham bo'lsa-da, ammo mazmunan S.P. Tolstov ta'rifini takrorlaydi.


Har bir fanning o'ziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi. Etnologiya fani shakllana boshlagan davrdan hozirgacha mufassal saqlanib kelayotgan mavzu etnik madaniyatlarning o'zaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bog'liq bo'lgan. Ammo etnologiya predmeti doimo kengayib, o'zgarib davr talabiga javob beradigan masalalarni o'rganishga qaratilgan. Oqibatda hozirgacha etnologiya fani tevaragida, har xil mulohazalar saqlanib, umumiy, barchaga ma'qul ta'rif topilgani yo'q. Shiihday bo'lsa-da ham mavjud yo'nalishlar va konsepsiyalar ko'pligiga qaramay mazkur fan sohasi hozirgi kunda eng dolzarb va muhim muammolarni tadqiq qiluvchi fan hisoblanadi.

Ushbu fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda shuni alohida qayd qilish zarurki, XX asr davomida etnologiya fani doirasida nihoyatda boy empirik va nazariy materiallar to'planib, har xil tarixiy xulosalar va mulohazalarni yuzaga keltirgan. Agar XIX asrning birinchi yarmida etnologik tadqiqotlar asosan, akademik xarakterga ega bo'lib, o'tmishdagi madaniyatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plashdan iborat ekanligini qayd qilsak, XX asrning ikkinchi yarmida etnologik bilimlar to'plash tubdan o'zgarib ko'proq pragmatik ahamiyatga ega bo'la boshladi. Hozirgi kunda etnologiya fanining yutuqlari ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy, iqtiso-" diy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ommaviy muloqotlar, xalqaro savdo va diplomatik munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol o'ynamoqda. Demak, barcha mavjud mulohaza va o'y-fikrlarni, konsepsiya va yo'nalishlarni umumiylashtirib quyidagi ta'rifni berish maqsadga muvofiq: «Etnologiya - har xil elat va xalqlarning kelib chiqishi, etnik tuzilishi va shakllanishi, o'ziga xos moddiy va ma'naviy xususiyatlari, turmush tarzi, etnik tabiati, xa-rakteri va his-tuyg'ularini o'rganadigan fan sohasidir».


Etnologiya fanining umumilmiy ahamiyatini kamsitmay, uni umumtarix fani tarkibida mustaqil metodologik (dunyoqarash) xususiyatiga ega ekanligini alohida qayd qilish lozim. Etnologiya ayrim xalq va elatlarni o'rganishda etnik tarixning barcha tomonlari ijtimoiy jarayon bilan bog'liq bo'lganligi tufayli keng ma'noda madaniyat sohasida milliy-madaniy xususiyatlarni tarixiy arxeologik, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar o'tkazishda eng zarur materiallarni yetkazib berishi mumkin. Bunday holat fanning boshqa soha vakillari etnologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanib uni qo'shimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kuzatiladi. So'nggi yillarda paydo bo'lgan etnosotsiologiya, etno-psixologiya, etnogeografiya kabi egizak fan tarmoqlarining paydo bo'lishi bejiz emas.

Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida jiddiy tus ola-yotgan millatlararo etnik jarayonlarning qonuniyatlarini ochib be-rish, maishiy-madaniy integratsiya va assimilyatsiya tarixini obyektiv yoritish, milliy chegaralanish va an'anaviy joylashuv muammolari-ni haqqoniy hal qilishdek etnologiya fani yutuqlari nihoyatda dol-zarb ekanligi isbotlanmoqda.


Demak, etnologiya zamonaviy fan sohasi sifatida umumilmiy va sotsial ahamiyatga ega ekanligini qayd qilib, uni 1) insoniyat tarixiva ayrim xalqlarning etnik muammolarini metodologik jihatdan mustaqil hal qilishga qobil dunyoqarash; 2) inson va jamiyatni o'rganuvchi boshqa ijtimoiy fanlarga qo'shimcha materiallar beruvchi ilmiy soha; 3) davlatlar va hukumat arboblari siyosiy jihatdan dolzarb milliy muammolarni to'g'ri hal qilishda, kqchilik, millatchilik va shovinizm kabi illatlarga qarshi kurashda muhim asos bo'lib xizmat qiladigan fan hisoblanadi.
Ma'lumki, tarixiylik va tarixiy-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodolbgik negizini tashkfl qiladi. Tarixiy yondashish har bir predmetni, shu jumladan, ayrim fanni ham to'g'ri tushunishning birdan-bir haqqoniy usuli sanaladi. Shu bois etnologiya fanining mohiyati va jamiyatda tutgan o'rnini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur.
Yüklə 33,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə