Excel oynasi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə2/6
tarix07.04.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#104632
1   2   3   4   5   6
Excel oynasi

Mavzuning dolzarbligi:
  • Bugungi kunda ekologik vaziyatning yomonlashuvi yoshlarning, xususan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada sog‘liqni saqlash, umumiy rivojlanish va profilaktik vazifalarni hal qilishda sog‘liqni himoyalash texnologiyalari, ularni optimal va oqilona tashkil etilishidan faol foydalanish kerak bo‘ladi.
  • Bunday vazifalarni amalga oshirishning eng samarali shakllaridan biri yoz faslidir. Yoz - bolalar juda ko‘p yurish, chopish va sakrashi mumkin bo‘lgan ajoyib va unumdor vaqt.
  • Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumining maqsadlari:
  • -salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash;
  • -bolalarning shikastlanishi va kasallanishini oldini olish;
  • -yozgi davrda maktabgacha yoshdagi bolalarning harakatlanish faolligini, xissiy va kognitiv rivojlanishini ta’minlash;
  • bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning samarali shakl va usullaridan foydalanish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.
  • Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumining vazifalari:
  • - bolalarning salomatligini mustahkamlash;
  • - tabiiy omillardan keng foydalanish hisobiga bolalarni sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini amalga oshirish: havo, quyosh, suv;
  • - o‘quv yili davomida olingan BKMni mustahkamlashga qaratilgan ta’limiy-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish;
  • -sog‘lom turmush tarzi va bilimga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish;
  • -xavfsiz xatti-harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish;
  • - tabiat qo‘yni (gulzor, bog‘, tajriba maydonchasi)da mehnatni tashkil etish, bilish faoliyati, turli xil ta’limiy va harakatli o‘yinlarni tashkil etish, amaliy kuzatish, tajriba-eksperimentlar, samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun tabiiy muhit (sharoit)dan foydalanish;
  • - ota-onalar o‘rtasida tarbiya va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha pedagogik va sanitariya-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, yozgi davrda ularni bolalar bilan birgalikdagi tadbirlarga jalb qilish.
  • Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida kattalarning asosiy vazifasi o‘sib borayotgan organizmning dam olish, ijodiy faoliyat va harakatga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishdir.
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə