Excel oynasi


Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida chiniqtirish tadbirlarini tashkil etish



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə5/6
tarix07.04.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#104632
1   2   3   4   5   6
Excel oynasi

Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida chiniqtirish tadbirlarini tashkil etish
  • Barchaga ma’lumki, chiniqtirish bola organizmi uchun juda foydali. Chiniqtirish muolajalari bola organizmini himoya qilish funktsiyasini mustahkamlaydi, infektsiyalarga va haroratning o‘zgaruvchanligiga chidamli bo‘lishga tayyorlaydi, qon aylanishini, modda almashinuvini, aqliy faoliyatini yaxshilaydi va asab tizimi faolligini oshiradi.
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotida chiniqtirish turlari
  • 27.04.2018 yilda tasdiqlangan 0355-18-sonli SanMvaQlariga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalarni chiniqtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • - kundalik hayotda chiniqtirishning quyidagi ko‘rinishlari amalga oshiriladi: sayrni to‘g‘ri tashkil etish, sovuq suv bilan yuvinish, ochiq havoda yengil kiyimda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish;
  • - Mahsus tadbirlar: suv, havo va quyosh vannalarini o‘tkazish. Bolalarni chiniqtirishda asosiy tabiiy faktorlar (quyosh, havo va suv) dan bolalar yoshiga mos ravishda differentsiatsiyalashgan holda mutaxassis xodimlarning tayyorgarligi va tashkilotning imkoniyatidan kelib chiqib, metodik tavsiyaga amal qilgan holda tashkil etilishi lozim.
  • Suv havzasida cho‘milishni tashkil etishda bolalar yoshiga alohida ahamiyat berish lozim: kichik va o‘rta guruhlarda 15-20 daqiqa, katta va tayyorlov guruhlarida 25 daqiqa.
  • Bolalarga suv havzasida cho‘milish faqatgina shifokor-pediatrning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotida chiniqtirishning asosiy qoidasi-asta-sekinlik va muntazamlilik.
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keng tarqalgan chiniqtirishning ko‘rinishlari - bu havo va suv muolajalari.
  • Havo bilan chiniqtirishga quyidagilar kiradi:
  • 1.Xonadagi haroratning doimiy 19-22º da bo‘lishini ta’minlash;
  • 2.Bolalar bo‘lmagan vaqtlarda xonada yelvizak o‘tkazish;
  • 3.Har kuni ochiq havoda sayrni tashkil etish.
  • Suv bilan chiniqtirishga quyidagilar kiradi:
  • 1. Nam sochiq bilan badanni artish;
  • 2. Asta-sekin suv haroratini pasaytirish bilan tomoqni chayish;
  • 3. Oyoqqa kontrast suv quyish;
  • 4. Tuzli yo‘lakchalarda yurish.
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə