F. I. O. Imzo Sana Bet



Yüklə 145,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix22.03.2024
ölçüsü145,74 Kb.
#181935
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Boyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.

F.I.O. 
Imzo
 
Sana

Bet. 
 
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta 
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023. 
 ass. Jalolov B.A . 
в Б.А. 
Eshonqulov X. S 
Bajardi
 
 
Tekshirdi
 
PbO + SiO2 = PbO · SiO2 2PbO + SiO2 = 2PbO · SiO2 PbO · SiO2 ning yarim 
harorati 780°C, 2PbO · SiO₂ niki esa 740oC. Qo‘rg‘oshin silikatari yonish zonasida 
shixtaning ashyo qismini eritadi. Qo‘rg‘oshinli algomerat mustahkam, bo‘lakli, 
g‘ovak bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda u kam miqdorda oltingugurt qoldig‘ini 
saqlashi kerak. Ideal holatda algomerat umuman oltingugurt saqlamasligi kerak, 
lekin bunday natijaga amalda erishish qiyin. Odatda algomerat 1–2% S₂ saqlaydi. 
Sulfidli boyitmani yondirish ko‘pincha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi 
yondirishdan maqsad shixtani boyitmani bo‘laklamasdan oldin shixtadagi 
oltingugurtning bir qismini yo‘qotish. Toza galenit PbS 13,4% S (massasi bo‘yicha) 
saqlaydi. Aglomeratsiyadan oldin odatda shixta 12%dan kamroq oltingugurt 
saqlaydi. Birinchi kuydirishdan keyin mahsulotda 6–8% S qolishi kerak. 
Aglomeratsiyada oltingugurtni yo‘qotish jarayonining o‘zga xususiyatlarini hisobga 
olib, birinchi kuydirish (issiqlik qayta tiklanishini tiklash yonish zonasida haroratni 
pasaytirish, oltingugurtni ushlab turuvchi sulfidni va silikatli eritma hosil 
bo‘lishining oldini olish maqsadida) shixtaning yupqa qatlami 180–150 mm da olib 
boriladi. Bundan tashqari, yupqa qatlamda ishlash shixtaning gaz o‘tkazish 
qobiliyatini sezilarli oshiradi, sizib o‘tuvchi havoning miqdorini oshiradi, qatlamda 
keskin oksidlovchi atmosfera hosil qiladi va oltingugurtning yonib botishini 
kuchaytiradi. Birinchi kuydirish mexanik jihatdan kuchsiz mahsulot beradi va bu 
mahsulot keyin 6–10 mm ga maydalanadi, yana namlanadi va qattiq bo‘lak hosil 
qilish maqsadida ikkinchi marta kuydiriladi. Kuydirish baland qatlamda (300 mm 
gacha) olib boriladi va bu yuqori darajadagi harorat olishni, suyuq faza hosil 
bo‘lishini, shixtaning erishini va mustahkam aglomerat olishini ta’minlaydi. Parallel 
ravishda shixtani ikkilamchi oltingugurtsizlantirish olib boriladi. Birinchi kuydirish 
7–10 daqiqa, ikkinchi kuydirish esa 15–20 daqiqa davom etadi. Tayyor aglomerat 
koks bilan birga shaxtali pechga yuklanadi. Pechning pastki qismiga havo puflab 
kiritiladi. Koksning yonishi quyidagi reaksiyalar orqali ifodalanadi: C+O2=CO2 
CO2+C=2CO.
Qo‘rg‘oshinning qaytarilishi quyidagicha ketadi:
PbO + CO = Pb + CO2 
Erigan qo‘rg‘oshin pechning o‘chog‘iga oqib tushadi, u erdan maxsus teshik orqali 
vaqti-vaqti bilan chiqarib olinadi. Qo‘rg‘oshinga boshqa qaytarilgan elementlar (Sb, 
Sn, Cu shuningdek As) qo‘shiladi. Qo‘rg‘oshinning bunday qorishmasi verkbley 
deyiladi. Ruxli sulfidli rudalarning muhim minerali sfalerit (rux aldamchisi ZnS) 



Yüklə 145,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə