F.I.O.
Imzo
Sana
Bet.
TDTU OF 60712100-Metallurgiya.
Rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023.
ass. Jalolov B.A .
в Б.А.
Eshonqulov X. S
Bajardi
Tekshirdi
Mavzu:
Boyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.
Reja:
Asosiy qism.
1.
Kuydirish jarayonlarining turlari, fizik-kimyoviy asoslari.
2.
Metallurgik xomashyolarni kuydirish jarayonlari.
3.
Rux boyitmalarini oksidlovchi kuydirish.
4.
Aglomeratsiyalash jarayonning umumiy tushunchasi.
5.
Aglomeratsiyalash jarayonning amaliyoti.
Foydalanilgan adabiyotlar.
F.I.O.
Imzo
Sana
Bet.
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023.
ass. Jalolov B.A .
в Б.А.
Eshonqulov X. S
Bajardi
Tekshirdi
1.
Kuydirish jarayonlarining turlari, fizik-kimyoviy asoslari.
Kuydirish deb
materialni (ruda, konsentrat) kimyoviy va mineral tarkibini ma’lum
darajada
o‘zgartirish maqsadida, lekin mahsulotni erishi yuz bermaydigan haroratgacha
qizdirishga aytiladi. Kuydirish xomashyoning turiga qarab 500–12000C haroratda
olib boriladi. Bu jarayon metallurgiyadan tashqari kimyo va konchilik sanoatida ham
keng qo‘llanadi. Yuz beradigan jarayonlarning
xususiyatiga qarab, kuydirishning
quyidagi turlari mavjud: oksidlovchi, tiklovchi, sulfatlovchi, kalsinatsiyali (toblash),
xlorlovchi va ftorlovchi, aglomeratsiya, sulfat-xlorlovchi va boshqalar.
Oksidlab
kuydirish – sulfidli va arsenidli (mishyakli) ruda va boyitmalarga ishlov berish keng
tarqalgan. Kuydirishning maqsadi mahsulot tarkibidagi oltingugurt va mishyakni
to‘liq yoki qisman gaz fazaga o‘tkazib, asosan oksid, ayrim hollarda sulfat holidagi
metallni olishdir. Kuydirish natijasida oltingugurt gaz fazasiga SO2 shaklida,
mishyak uchuvchan As₂O₃ shaklida o‘tadi:
2MeS + 3O₂ = 2MeO + 2SO₂,
MeS + 2O₂ = MeSO₄
Oksidlovchi kuydirish shixtasi tarkibiga turli metallarni sulfidlari (pirit,
xalkopirit, xalkozin, kovellin, bornit,
sfalerit, galenit, ayrim hollarda arsenopirit,
surma yaltirog‘i va boshqalar), jins hosil qiluvchi minerallar (kvars, ohaktosh,
glinazem, kremnazem va boshqalar), uncha ko‘p bo‘lmagan
miqdorda sulfatlar,
nodir metallar, namlik va boshqalar kiradi. Mahsulotlarni gidrometallurgik ishlov
berishga tayyorlash uchun sulfatlovchi kuydirish qo‘llanadi. Bu jarayonda ajratilishi
kerak bo‘lgan metallar suvli eritmalarda oson eruvchi birikmalar (sulfatlar va
oksidlar) shakliga hamda qiyin eruvchi oksidlar shakliga o‘tkaziladi. Sulfatlovchi
kuydirish shixtasi, oksidlovchi kuydirish
shixtasidan keskin farq qilib, faqat ruda
yoki konsentratdan iborat bo‘ladi. Tiklovchi kuydirish temir rudalari: qizil va
qo‘ng‘ir temirtoshni qayta ishlash uchun qo‘llanadi. Natijada, magnitlanmaydigan
oksidlar magnetit holiga o‘tadi:
Fe₂O₃ va Fe₂O₃·N2O
Fe2O3 + CO = Fe3O4 + CO2,
Bu esa temir rudalarini boyitishning eng samarali usuli – elektromagnit
boyitishni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Tiklovchi
kuydirishning yana bir turi
velslashdir. Bu qattiq fazadagi bir qator metall oksidlarini ugletermik tiklash
jarayoni bo‘lib, yuqori haroratda vozgon holida gaz fazaga o‘tadi. Bunday nisbatan