F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


ralib yuruvchilar keng tarqalgan. Oblastda yuqori rangdagi endemik-



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

ralib yuruvchilar keng tarqalgan. Oblastda yuqori rangdagi endemik-
lar ozchilikni tashkil etadi. Tangachalilar turkumidan xamelionlar
(80 tur) xarakterli bo‘lib, ular Madagaskarda, Janubiy Ispaniyada,
Arabistonda, Hindistonda va Seylonda ham tarqalgan. Oblastda kal
takesaklar va gekkonlar keng tarqalgan, oyoqsiz chuvalchangsimon
kaltakesaklar (ko‘r ssink - Feylinidae), agamalar, yirik echkemarlar
(nil echkemari 
2
 metrga yetadi) va ilonlar uchraydi.
Efiopiyada yirik, uzunligi 80 sm gacha bo‘lgan ko‘r ilon (Typhlops
humbo), pitonlaming bir necha turlari tarqalgan. Pitonlaming may-
dalari 1-1,65 metrga (qirol va mitti pitonlar), yiriklari esa 7 -9 metrga
(ieroglif pitoni) yetadi. Suv ilonlari ham keng tarqalgan bo‘lib, ularga
tuxumxo‘r ilonlaming 2 ta avlodini misol qilish mumkin. Bu ilon-
laming turlari qushlaming tuxumlari bilan oziqlanadi. Afrikada 10
avlodga mansub bo‘lgan 
20
 turdagi zaharli aspid ilonlar ham uchray­
di. Ularga haqiqiy kobra ilonlari (qora bo‘yinli va tupuruvchi kobra),
91


1-Л
metr uzunlikdagi zaharli ilonlardan yirik mambalar kiradi. Tarqa­
lish markazi Afrika hisoblangan, ko‘p sonda uchrovchi qora ilonlar 
ham anchagina.
9-rasm. Efiopiya oblasti fa u n a sin in g xos turlari: 1 - olachipor
sirtlon; 2 - y o ‘l-yo 

sirtlon; 3 - sirtlonsim on it; 4 - suv
bug ‘uchasi; 5 - oriks antilopasi; 6 - kudu antilopasi; 

- gnu an-
tilopasi; 8 - suv ayg'iri; 9 - A fr ik a buyvoli; 1 0 - A frika sivettasi;
11 - tenrek; 12 - N il timsohi; 13 - g o lia f qo 'ng ‘izi; 14 - silliq
p ix li baqa; 15 - A fr ik a lam antini; 16 - kichikprotopterus.
92


Afrikada quruqlik toshbaqalarining 4 ta avlodi va bir nechta turlari 
hamda yumshoq terili toshbaqalaming 2 ta endemik avlodi uchraydi. 
Timsohlardan eng yirik tur sanalgan va yaqingacha butun Afrikada 
keng tarqalishga ega b o ‘lgan Nil timsohi endilikda ko‘pchilik jo y ­
larda qirilib ketgan. G ‘arbiy Afrikada to ‘mtoq tumshuqli timsoh va 
Afrika ingichka tumshuqli timsohi yashaydi. M azkur turlar Markaziy 
Afrikada ham uchraydi. Efalar mazkur oblast uchun tipik turlardan 
sanaladi.
Efiopiya oblasti uchun amfibiyalaming quyidagi vakillari xarak- 
terli: Sharqiy va G ‘arbiy Afrikada tarqalgan chervyagalar, faqat Afri 
kaning shimolida yashaydigan dumli amfibiyalar, keng tarqalgan va 
laboratoriya hayvoni sifatida foydalaniladigan endemik avlod (Xeno- 
pus), haqiqiy baqalar, kurak oyoqli baqalar, tor og‘izli baqalar, tukli 
baqalar. K o ‘payish davrida erkak tukli baqalar tanasining yon tomon 
larida va sonida uzun tuksimon teri o ‘simtalari hosil b o ‘ladi. Oblastda 
daraxt baqalari (kvakshalar) deyarli uchramaydi. Haqiqiy qurbaqa- 
laming 3 ta avlodi Efiopiya uchun xos b o ‘lib, ulardan biri barmoqlari- 
da yopishqoq disklar shakllangan tungi o ‘rmalovchi qurbaqadir. Tirik 
tu g‘uvchi qurbaqa ham mazkur oblast amfibiyalari tarkibiga kiradi.
Mazkur zoogeografik oblastning baliqlar faunasi tarkibida tur­
lar soni ko‘p bo‘ladi. Ular orasida Senegal, Nil, Kongo va Zambezi 
havzalarida keng tarqalishga ega b o ‘lgan ikki xil nafas oluvchilar (3 
tur) o ‘ziga xos ahamiyatga ega. Jumladan, protopter (Protopterus) 
avlodi yoz oylarida suv havzalarining qurishi sababli anabioz holati- 
ga o ‘tadi (8 -9 oy) va bunda ular loyni yorib o ‘zining tanasi atrofida 
maxsus kapsula hosil qilishadi. Shunga o ‘xshash k o ‘p shu’lalilar en 
demik turkumi ikkita avlodni va o ‘nlab turlami o ‘ziga birlashtiradi 
va ular atmosferadan nafas olish xususiyatiga egaligi bilan ajralib 
turadi. Qadimgi gumhga mansub baliqlardan panja qanotli chuchuk 
suv baliqlari (Polypteridae) ham oblast uchun xarakterli. Tuban tuzi- 
lishga ega b o ‘lgan Isospondyli kenja turkumiga mansub endemik 
oilalar vakillari keng tarqalgan. Suyak tilli baliqlardan kapalak 
baliqlar (Pantodontidae), ingichka tumshuqli baliqlar (Mormyridae)
93



Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə