F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


va ayrim hududlarda ular butunlay y o ‘qolib ketdi. Endilikda Efi



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

va ayrim hududlarda ular butunlay y o ‘qolib ketdi. Endilikda Efi
opiya faunasining tipik vakillari yirik m illiy bog‘larda muhofaza
qilinmoqda.
Sirtlonlar oilasiga mansub bo‘lgan yer bo‘risi va qo‘ng‘ir sirtlon
kabi juda kamayib ketgan turlar xalqaro muhofazaga olingan.
Janubiy Amerika va Avstraliyaning ko‘pgina rayonlaridagi kabi
Afrikada ham inson va hayvonot dunyosi yonma-yon yashab kelmoq-
da. Bunday munosabatni ko‘pchilik hollarda mazkur rayonlarda aholi
zichligining siyrakligi va ov samarasining pastligi bilan izohlashga
harakat qilishadi, haqiqatda esa bu yerlik qabilalar haddan ziyod ov
qilishdan o ‘zlarini cheklab turishadi va bunga qat’iy amal qilishadi.
Bunday ov xulqi hayvonot dunyosini muhofaza qilishda eng samarali
usullardan biridir.
Afrika faunasining antropogen omillar ta’sirida o ‘zgarish sa
bablaridan biri, bu yerga zamonaviy ovning kirib kelishidir. Kelgindi
ovchilaming noqonuniy ov faoliyatidan Afrika materigidagi juda
ko‘p hayvon turlari qirilib ketgan. Ular har yili chet mamlakatlarga
10
minglab jirafa, zebra, buyvol va sherlaming terilarini yuborib tu-
rishgan. Fil suyaklari uchun ov qilish esa odatiy tusga aylangan.
0 ‘rmonlaming kesilishi va ayniqsa, Afrikaning qurg‘oqchil savan
nalarida chorvachilikning rivojlanishi ham fauna tarkibida turlaming
kamayishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biridir. 1930-yillarda
uyqu kasalligini bartaraf etish maqsadida, Afrikaning janubiy qismida
yuz minglab (har yili 20-30 ming) yirik hayvonlar qirib yuborilgan.
Ammo kasallikni tarqatuvchi se-se pashshasining boshqa mayda hay
vonlar (qushlar va mayda sutemizuvchilar) qoni bilan ham oziqlanishi
ilmiy asoslanmagan va oqibatda ko‘pchilik hayvonlaming qirilib ke

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə