F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

Nazorat topshiriqlari
1. Xaritadan foydalanib Efiopiya zoogeografik oblastining g eo ­
grafik о ‘m i va tabiiy sharoiti to ‘g ‘risida so ‘zla b bering.
2. Oblastning ekologik sharoitlarini hayvonlam ing yashash muhi
ti sifatida tavsiflang.
3. Efiopiya faunasiga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
4. Efiopiya faunasiga tegishli turlarga m isol keltiring.
5. Sharqiy Afrika, G ‘arbiy Afrika va Janubiy Afrika faunalarini
qiyosiy tavsiflang va tahlil qiling.
6. Efiopiya zoogeografik oblasti faunasini boshqa oblastlar fa u ­
nasi bilan solishtiring.
7. Efiopiya faunasiga antropogen om illarning ta ’sirini baholang.
8. O blast faunasining muhofazalanishi to ‘g ‘risida nimalarni bi
lasiz?
5.2. Indo-Malay zoogeografik oblasti
Geografik o‘mi va tabiiy sharoiti. Indo-Malay zoogeografik oblas­
ti Osiyoning tropik va subtropik qismlarini hamda Hind va Tinch 
okeanlaridagi qator arxipelaglar, orollar va yarim orollami o ‘z tarkibi -
102


ga olgan, nisbatan tarqoq joylashgan oblastdir. Uning shimoliy chega­
rasi Arabiston dengizining qirg‘oqlaridan boshlanadi va Tar cho‘lini 
o ‘zining tarkibiga kiritadi hamda Himolayning janubiy yon bag‘ri 
bo‘ylab o ‘tadi. Janubiy chegarasi Shri-Lanka oroli va Malaya arxipe 
lagini, sharqiy chegarasi esa Filippinni o‘z tarkibiga oladi (10-rasm).
Indo-Malay zoogeografik oblastini qo‘shni oblastlar bilan qat’iy 
chegaralash juda qiyin. Indo-Malay, Palearktika va Avstraliya 
oblastlarining o‘tmishdagi va hozirgi o ‘zaro hududiy munosabatlari 
ulaming faunistik tarkiblarida ham aks etadi. Ayniqsa, Indo-Malay 
oblasti faunasining Efiopiya oblasti bilan qadimiy aloqada boiishi 
juda muhim ahamiyatga ega. Mazkur oblast hududining katta qismi 
tropik mintaqada joylashgan. Oblastning geografik joylashuvi
landshaftlarining xilma-xilligi uning faunasi tarkibida turlar soni 
ko‘pligini ta’minlay olgan.
103


Faunasiga umumiy tavsif. Indo-Malay oblasti faunasi materik xu 
susiyatga ega. Fauna tarkibidagi tur va avlodlaming xilma-xilligiga 
qaramasdan, unda yuqori rangdagi endemik guruhlar juda kamchilik- 
ni tashkil etadi. Indo-Malay oblasti sutemizuvchilari 46 ta oiladan 
tashkil topgan. Sutemizuvchilardan endemik turkum junqanotlilar 
uchraydi. Mazkur turkumning 2 turi bo‘lib, ulardan biri Hindi-Xitoy, 
Xitoy, Sumatra va Yava o‘rmonlarida yashasa, ikkinchisi Filippinda 
uchraydi. Bu mushuk kattaligidagi, uzunligi 40 sm bo‘lgan hayvon 
lar daraxtlarda yashashga moslashgan bo‘lib, meva va barglar bi 
lan oziqlanishadi. Kechqurunlari daraxtdan-daraxtga pastga tomon 
sakrashadi (70 metrgacha). Buni amalga oshirish maqsadida ular 
oldingi va orqa oyoqlari orasidagi teri burmalaridan foydalanishadi 
(
11
-rasm).
Hasharotxo‘rlarga keng tarqalgan yerqazar va krot kabi turlar 
tegishli. Oblastning sharqida tipratikanlarga mansub endemik kenja 
oila - gimnurasimonlar uchraydi. Qo‘lqanotlilar juda ko‘p, ammo 
tipik turlar kam. Ayrim taqaburunlar va yirik qo‘lqanotlilar nafaqat 
hasharotlar, balki sichqonlar, qushlar va boshqa umurtqalilar bilan 
oziqlanishadi.
Primatlar turkumi o ‘zining endemik oilalari bilan alohida qizi- 
qish uyg‘otadi. Jumladan, tupaylar oilasi (Tupaiidae)ning turlari 
(18 tur) mayda chala maymunlar bo‘lib, olmaxonlarga o ‘xshaydi. 
Ular Hindi-Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya va Filippinda keng 
tarqalgan.
Bulardan tashqari, Hindistonning janubida va Shri-Lankada in 
gichka lorilar (Loris), Yava, Klimantan va Shimoli-sharqiy Hindis 
tonda yo‘g ‘on lorilar (Nycticebus) avlodlari tarqalgan. Maymunlar- 
dan makaka, gibbon (7 tur) va orangutan (1 tur) uchraydi. Bu joyda 
yashchurlar yoki pangolinlaming (Manidae) uchrashi oblastning 
Efiopiya oblasti bilan aloqada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Kemiruvchi 
lar juda xilma-xil. Jayralar, qumsichqonlar, olmaxonlar, kalamush 
va sichqonlar keng tarqalgan va hatto mayda orollargacha kirib bo- 
rishgan.
104


11
-rasm. 

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə