F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


Faunada tur sonining ko‘pligi ko‘pgina omillarga, jumladan, fau



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

Faunada tur sonining ko‘pligi ko‘pgina omillarga, jumladan, fau
naning yoshiga, shakllanish jarayonidagi va ayni vaqtdagi mavjud
ekologik sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Faunada tur sonining ko‘pligi
uning tarkibidagi endemik turlar, avlodlar, oilalar kabi sistematik
birliklaming soni bilan baholanadi.
Faunaga xos xususiyatlami baholashda uning boshqa faunalar bi
lan faunistik aloqalari ham muhim o ‘rin tutadi. Shu bilan birga, fau
naning muayyan hududning o ‘zida paydo bo‘lishi, shakllanish dara
jasi endemik tur yoki avlodlaming mavjudligini o ‘zida aks ettiruvchi
muhim belgidir. Faunani baholashda buni ham hisobga olish zarur.
Fauna tarkibidagi endemiklaming sistematik o ‘mi qancha yuqori
pog‘onani (oila, turkum, sinf) egallasa, fauna shu hududning o ‘zida
shakllangan, ya’ni shu hudud uchun xos bo‘ladi. Masalan, fauna tarki
bida endemik turkum va oilalaming uchrashi, faunaning alohidalash
gan sharoitda uzoq muddat rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan
birga, fauna tarkibida faqat endemik turlar, ayniqsa, kenja turlaming
mavjudligi faunaning nisbatan yoshligidan va uning boshqa faunalar bi
lan bo‘lgan turli-tuman aloqalaridan dalolat beradi. Masalan, Avstraliya
va Neotropik oblastlar faunasi tarkibida endemik oila va avlodlar juda
ko‘pchilikni tashkil etgan bir vaqtda, maydonining katta bo‘lishiga qa
ramasdan, Palearktika oblastida endemik oila va avlodlar juda kam. Bu
holat Palearktika oblasti faunasida turlar soni kamligini ko‘rsatadi.
Odatda, orollaming iqlimiy xususiyatlari va relyefi materiklarga
o ‘xshash bo‘Isa ham, faunasi tarkibidagi turlar soni xuddi shunday
kattalikdagi materiklar faunasidagi turlar soniga nisbatan doimo kam
bo‘ladi. Turlar soni orollar materiklardan qanchalik uzoqda joylash

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə