Fakultet dekani: Ergashev. M > 2022 y



Yüklə 148,59 Kb.
səhifə7/17
tarix30.12.2023
ölçüsü148,59 Kb.
#167914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Yo`ldoshev Abdurauf

AFZALLIKLARI
 Ma`lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o’rganishda
foydali.
 O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat
qilinishi.
 Vaqtdan unumli foydalanish.
 Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.
KAMCHILIKLARI
 O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.
 O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga
keltirmaydi.
 O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi.
 Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bo’lmagaligi sababli, sinf bo’yicha
o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin.
 Mustaqil o’rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratiladi.
Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o’quvchi bo’lgan) o’qitish metodlarining
AFZALLIKLARI
 O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.
 O’z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.
 Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi.
 O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi.
 Motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi.
 O’tilgan materialning yaxshi eslab qolishi.
 Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.
 O’z-o’zini baholashning o’sishi.
 O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati.
 Mustaqil fikrlay oldaigan o’quvchiningshakllanishiga yordam berish.
 Nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy
fikralashni ham rivojlantirish.
 Muammolar echish ko’nikmalarning shakllanishi.
KAMCHILIKLARI
 Ko’p vaqt talab etilishi.
 O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
 Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi.
 «Kuchsiz» o’quvchilar bo’lganligi sababli «kuchli» o’quvchilarning ham past baho olishi.
O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar echish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi.
O’qitish jarayonidagi mavjud an`anaviy ta`lim bilan qurollangan ta`lim muassasalari endilikda o’z oldiga qo’yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda.
Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko’ra, o’quv jarayonini tashkil etishning an`anaviy sxemasi o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini etarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilimga bo’lgan ehtiyojlarini, fanga bo’lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol fikrlashni hamda bilishni e`tiqodga, e`tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta`minlay olmaydi.
Maktab, kasb-hunar kollji va oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining ilg’or tajribalari
yoritilgan materiallarni o’rganish, shuningdek, kuzatishlar va suhbatlardan ma`lum bo’lishicha, ularning ko’pchiligi o’z amaliy faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir hildagi o’qitish jarayonlarini qisman o’zgartirgan holda foydalanishadi. Bunday hollarda o’zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo’lmaydi. Haqiqatan ham, an`anaviy ta`lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan`anaviy ta`lim jarayoni bilan taqqoslaganda ular o’rtasidagi farq aniq ko’zga tashlanadi.


Yüklə 148,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə