Fakultet dekani: Ergashev. M > 2022 y


Pedagogik aloqa qilish madaniyati



Yüklə 148,59 Kb.
səhifə5/17
tarix30.12.2023
ölçüsü148,59 Kb.
#167914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Yo`ldoshev Abdurauf

Pedagogik aloqa qilish madaniyati suhbatdoshni eshitish va eshita olishda, savollar bera olishda, aloqani amalga oshirib boshqani tushuna olishda, muloqotning qiyin holatlarini ko’ra olish va odamlardagi ta’sir holatini to’g’ri taxlil qila bilishda, muloqotga tayyorlanish va muloqotga bo’lgan xohishlarda ko’rinadi.
1.2. Hozirgi zamon noan`anaviy ta`limi

O’nlab yillab o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars o’tish ta`limning o’ziga xos modellaridan biri bo’lib qolmoqda. An`anaviy dars – muayyan muddatga mo’ljallangan, ta`lim jarayoni ko’proq o’qituvchi


shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an`anaviy dars – ko’p hollarda ta`lim jarayonining birdan-bir metodi bo’lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. SHu bois ba`zida an`anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi.
Markazda o’quvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
 O’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish;
 Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish;
 O’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
 O’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo’llab-quvvatlash;
 Amaliyot orqali o’rganish;
 Ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta`minlash;
 O’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish;
 O’qituvchi-o’quvchilar uchun o’quv jarayonini engilashtiruvchi shaxs;
 O’quv jarayonini baholash.
An`anaviy dars o’tish modelida ko’proq ma`ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi
metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib o’quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli – tuman o’quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash rang-barang baholash usullaridan foydalanish ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.

Yüklə 148,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə