Fakulteti …guruh talabasining


Tok transformatorining tuzilishi (a), almashtirish sxemasi (b) va vektor diagrammasi (c)



Yüklə 96,96 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü96,96 Kb.
#160639
1   2   3   4
Elektronika2.mustaqil ish4

Tok transformatorining tuzilishi (a), almashtirish sxemasi (b) va vektor diagrammasi (c).
Bu formuladan kelib chiqadiki, xaqiqiy ikkilamchi tok hisoblab topilgan qiymatdan farq qiladi. Bu farq Imag/nt ga teng. Imag tok ikkilamchi tokning miqdorini va fazasini o‘zgartiradi.
Shunday qilib, magnitlovchi tokning ishtirok etganligi tufayli tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga birlamchi tokning faqat bir qismigina transformatsiyalanadi, ya’ni tok transformatorining ishida xatolik paydo bo‘ladi.
Almashtirish sxemasida birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘am orasidagi magnit bog‘lanish elektr bog‘lanish bilan almashtirilgan va birlamchi tomonning barcha kattaliklari ikkilamchi cho‘lg‘amlar soniga keltirilgan.
Tok kattaligining xatosi ikkilamchi tokning qiymatiga asosan foizda o‘lchanadi.
δ burchak bo‘yicha xatoliklar gradus va minutlarda o‘lchanadi.
Tok transformatorlarning magnitlovchi toklari qancha katta bo‘lsa, uning xatosi ham shuncha katta bo‘ladi. Natijada katta xatoliklar releli himoya qurilmalarining xato ishlashiga olib keladi. Shuning uchun tok transformatorlarining xatoliklarini kamaytirish muhim va buning uchun tok transformatorlarida magnitlovchi toklarni kamaytirish kerak.
Magnitlovchi tokni kamaytirishga ta’sir qiluvchi parametrlar
Magnitlovchi tokni aktiv qismi Iamag ni kamaytirish uchun tok transformatorining magnit o‘zaki shixtlangan po‘latdan tayyorlana- di. Bunda quvvat yo‘qolishi kam bo‘ladi. Reaktiv qismi esa quyidagicha. Tok transformatorining ishlash asosidan kelib chiqadiki, magnit oqimi shunday qiymatga ega bo‘lishi kerakki, bunda ikkilamchi E.Yu.K. E2 ikkilamchi chulg‘amda yuz berayotgan kuchlanish tush ishini kompensatsiyalash uchun yetarli bo‘lishi kerak. Magnitlash tokining kattaligiga tok transformatorining konstruktiv parametrlari katta ta’sir qiladi.
Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, Irmagn ni kamaytirish uchun magnit qarshilik Rm ni kamaytirish va birlamchi chulg‘amlar sonini W1 oshirish kerak.
Tok transformatorlarining xatoligi qisqa tutashuvning boshlang‘ich vaqtida keskin ortadi, chunki bunda birlamchi tokda aperiodik tashkil qiluvchilar ishtirok etadi. Bu holni tez ta’sir qiluvchi himoyalarni hisoblashda e’tiborga olish kerak.


Yüklə 96,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə