Fakulteti


Maktabgacha ta’limni jamiyatdagi tutgan o’rni



Yüklə 74,79 Kb.
səhifə3/6
tarix09.06.2022
ölçüsü74,79 Kb.
#89222
1   2   3   4   5   6
1.2 Maktabgacha ta’limni jamiyatdagi tutgan o’rni
O’zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o’z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faaoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo’lib qo’shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog’liq. Jamiyatda pedagog (o’qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to’ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo’qki, uning ustozi bo’lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo’li gul kosibmi, qo’yingki, barcha-barchaning o’z ustozi va hayot yo’lini charog’on etib turuvchi yo’lboshchisi bo’ladi.
Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o’z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o’z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o’sishiga ko’maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o’zi yashab turgan o’lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo’lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov(1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta’limi xodimlari – o’qituvchi murabbiylar kuni» deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o’qituvchilarni jamiyatda tutgan o’rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o’qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o’qituvchi», «katta o’qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo’yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo’lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbuslari bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarni malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o’tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar:
a) O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o’rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq, quyidagilarni nazarda tutgan holda:
maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
(1-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
Tarbiya – o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar) o’rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo’lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish,jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo’naltirilgan qizg’in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg’ulari rivojlanadi, o’zida ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topish uchun zarur bo’lgan, kishilar bilan o’zaro munosabatni to’g’ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo’ladi Tarbiya xususida taniqli o’zbek adibi Abdulla Avloniyning “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur”1 – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir.
O’zbekiston Respublikasining biringi Prezidenti I.A.Karimov o’qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o’zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak». Demak, o’z faoliyatini endigina boshlayotgan o’qituvchilar va doimiy izlanishda bo’lgan tajribali o’qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari quyidagilardir:
maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko’lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;
Maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
Maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati ishlab chiqilayotgan me’yoriy-huquqiy bazada o’z aksini topadi.
Maktabgacha ta’lim sohasi ko’plab qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaramay, maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko’rsatishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish talab etiladi.
Shu munosabat bilan, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida maktabgacha ta’lim sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
1) ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishga qo’yiladigan amaldagi davlat talablarini qayta ko’rib chiqish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi Maktabgacha ta’limning davlat standartini ishlab chiqish:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlarga qo’yiladigan talablarni;
bolalarni parvarishlash, ularga qarash, sog’lig’ini saqlash va yaxshilash bo’yicha xizmatlar ko’rsatish tartibini;
2) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini moddiy resurslar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash normativlarini tasdiqlash;
3) maktabgacha ta’limning muqobil shakllari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
4) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy ustavlarini ishlab chiqish va tasdi
qlash;
5) kasalliklarning profilaktikasi va diagnostikasi tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo o’zaro hamkorlik mexanizmlari orqali bolalarni psixologik-tibbiy-pedagogik qo’llab-quvvatlashni ta’minlash;
6) maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan xalqaro me’yorlar va standartlarni implementatsiya qilish;
7) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion pedagogik faoliyatni va uni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko’rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko’rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o’yinlarda, mashg’ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo’ladigan muomalada ta’sir ko’rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o’rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o’z vaqtida yordam ko’rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o’z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e’tiqodliligi o’z kasbini sevishi va bu kasbga bo’lgan cheksiz sadoqati o’qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo’yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o’z predmetini, uning metodikasini chuqur o’zlashtirgan bo’lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro’sini ko’taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo’lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo’la oladi. Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg’otadi, o’qituvchiga bolalarni chinakam ma’naviy murabbiysi bo’lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog’likdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.



Yüklə 74,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə