Falsafa asoslari


Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/221
tarix22.05.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#111989
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   221
Falsafa asoslari

Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy
miyati. 
Nafosat olamining obyektiv va subyektiv tomonlari 
"
369


jud bo‘lib, unda odamlarning voqelikka estetik munosabatda 
bo‘lish jarayonida yaratilgan «ikkinchi tabiat», ishlab chiqarish 
texnologiyasi, turmush tarzi, oila, bog‘cha, ta’lim-tarbiya muas- 
sasalari obyektiv omil hisoblanib, shaxs va uning his-tuyg‘usi, 
didi, tasavvur va xayollari subyektiv tomonlarni tashkil qiladi. 
Nafosat olamidagi ana shu obyektivlik va subyektivlik estetik qad- 
riyatlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, ahamiyatini belgilab be­
radi. 0 ‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati 
qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Ushbu maqsadga eri- 
shishning asosiy omillaridan biri — bu xalqimiz qalbi va ongida 
yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mehr-muhabbatni 
kuchaytirish, axloqiy va diniy qadriyatlarni estetik tuyg‘ular, 
kechinmalar va tasavvurlar bilan uyg‘unlashtirishdan iboratdir. 
Umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar negizida qurilgan 
ma’naviy-ma’rifiy-madaniy hayot har bir shaxsning o‘zligini ang- 
lab, umumbashariy va milliy ma’naviy merosni o‘rganib, olijanob 
fazilatlar asosida o‘z hayotini tashkil etishni taqozo etadi. Mil­
liy ma’naviyat - bu muayyan millatning tarixiy o‘tmishi, dini 
ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlar tizimi hamda dunyoqarashining 
ifodasi. Unda .milliy urf-odatlar, an’analar, moddiy-madaniy me- 
ros, tarixiy yodgorliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Umumin­
soniy ma’naviyat esa — barcha xalqlarga xos bo‘lgan, ularning 
barcha ijtimoiy ideallarini aks ettiruvchi an’analar, g‘oyalar, in- 
tilishlar, maqsad-muddaolarni ifodalovchi qadriyatlar tizimidir. 
Bunday qadriyatlar biror-bir davlat, jamiyat, mafkura tomonidan 
yaratilmaydi, u barcha insonlarning orzu-umidini ifodalaydigan, 
ularga birdek manzur bolgan, yovuz g‘oyalarga qarshi yagona 
kuch sifatida qaror topadigan qadriyatlar tizimidir. Tinchlik, 
erk, istiqlol, demokratiya kabi tushunchalar bashariyatning azaliy 
qadriyatlaridir. Voqelikka estetik munosabatni milliy va umum­
bashariy ahamiyati shaxs ma’naviyatining yuksak bolishi, uning 
umuminsoniy va milliy ma’naviyat bilan qanchalik mushtarakli- 
giga bogliq.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə