Sotsiolingvistika fani va uning o`rganish obyekti



Yüklə 84,45 Kb.
səhifə1/6
tarix16.05.2023
ölçüsü84,45 Kb.
#110568
  1   2   3   4   5   6
Социолингвистика

Sotsiolingvistika fani va uning o`rganish obyekti

Tayyorladi: Xudoynazarova Munisa G`ofurjon qizi 415 “B” guruh.

Reja:

  • 1. Ijtimoiy tilshunoslik fani.
  • 2. Sotsiolingvistik tadqiqotlarga bo`lgan zarurat.
  • 3. Sotsiolingvistika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
  • 4. Sotsiolingvistika atamasi haqida.
  • 5. Tilda millatning ijtimoiy guruhlanishi haqida.
  • Tayanch so`z va iboralar: Til va jamiyat, til siyosati, nutq, lisoniy omil, ma'naviy tarbiya, etimologiya, psixologiya, falsafa, obyektiv borliq, shakl va mazmun, strukturalizm, nutq birliklari.

  • Sotsiolingvistika atamasi ikki tarkibiy qismdan iborat bo`lib, lotincha socialic - jamiyat va lingua - til so`zlaridan tashkil topgan. U ijtimoiy tilshunoslik demakdir.
  • Tilshunoslikda u quyidagi ma'nolarda qo`llaniladi:
  • 1. Til va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabat, ya'ni jamiyat hayoti va rivojlanishida tilning o`rni, aksincha, tilning taraqqiyotida jamiyatning ahamiyati.

    2. Tilda millatning ijtimoiy guruhlanishi munosabati bilan bo`ladigan farqlar.

  • Fan va texnika taraqqiyoti va XX asr o`rtalarida vujudga kelgan sotsial o`zgarishlar tufayli tilshunoslik fani ham boshqa fanlar qatori jadal sur'atlar bilan rivojlana boshladi.
  • Sotsiolingvistika fani faqat tilshunoslik va jamiyatshunoslik fanlari orasidagi munosabatlarni emas, balki falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya, tarixga va boshqa fanlarga oid masalalarni ham qamrab oladi.
  • Fanda ushbu yo`nalishga bo`lgan qiziqishning kuchayishi turli sabablarga bog’liq bo`lib, ular quyidagilar:
  • 1. Jamiyatning ilmiy asoslangan til siyosatiga bo`lgan ehtiyoji.

    2. Struktural tilshunoslikning tilning faqat ichki tuzilishini o`rganishga bo`lgan qiziqishi.

  • XX asrning 30-yillarida maydonga kelgan strukturalizm tilni asosan bir tomonlama o`rganishni, tilning tuzilishi va uni tashkil etuvchi birliklar orasidagi munosabatlarni o`rganishni tilga oid boshqa masalalardan ustun qilib qo`ydi. Natijada til birliklariga xos bo`lgan shakl va ma'no birligini rad etib, faqat shaklni o`rganishga e'tibor qaratildi. Ko`p o`tmay, bu oqim inqirozga uchradi, chunki u qo`yilgan maqsadlarni uzil-kesil hal qila olmadi. Tilning yashashi va rivojlanishi bu tilda gaplashuvchi jamiyat bilan uzviy bog`liq ekani ravshan bo`lib qoldi.

Yüklə 84,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə