Sotsiolingvistika fani va uning o`rganish obyekti


-Xo`sh, dardi? -Muhabbat (xabar)



Yüklə 84,45 Kb.
səhifə3/6
tarix16.05.2023
ölçüsü84,45 Kb.
#110568
1   2   3   4   5   6
Социолингвистика

-Xo`sh, dardi?

-Muhabbat (xabar).

-Muhabbat (so`roq)?

-Muhabbat! - deb takrorladi Xasanali (tasdiq).

(A.Qodiriy, O`tgan kunlar)

Bunim yo`q, unim yo`q,

Uyimda unim yo`q,

Ishimda unum yo`q,

Aytishga unim yo`q. (Kamiy)

Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Rus tilshunos olimi L.S.Kovtunning e'tirof etishicha, hozirgi zamon rus adabiy tili lug`atida "sidit" (o`tirmoq) so`zining o`ndan ortiq ma'nolari bo`lib, ular matnda, ya'ni nutq jarayonida o`z aksini topadi.

  • Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Rus tilshunos olimi L.S.Kovtunning e'tirof etishicha, hozirgi zamon rus adabiy tili lug`atida "sidit" (o`tirmoq) so`zining o`ndan ortiq ma'nolari bo`lib, ular matnda, ya'ni nutq jarayonida o`z aksini topadi.
  • Sotsiolingvistik tadqiqotlarga qiziqishning asosiy sabablaridan biri hisoblangan til siyosati kundan-kun keskinlashib bormoqda. Jahonning ko`pgina mamlakatlarida, ayniqsa, Osiyo va Afrika mamlakatlarida shu vaqtga qadar til muammosi o`z yechimini topgan emas. Hatto Hindistonday yirik mamlakatda hanuzgacha ingliz tili o`z hukmron mavqeini saqlab qolmoqda.
  • O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, yurtimizda demokratik jamiyatga asos solina boshlandi. Bu tuzum jarayonlari mazmun va mohiyatiga ko`ra avvalgi jarayonlardan tubdan farq qilib, ijtimoiy hayotimizning har bir sohasida o`z aksini topmoqda. Sodir bo`layotgan ushbu jarayonlar ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarga ham o`z ta'sirini o`tkazib, ularda ushbu jarayonlarni ifodalaydigan ma'no va tushunchalarning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Ushbu o`zaro munosabat natijalari har qaysi fanda o`ziga xos tarzda ifodalanib bormoqda. Chunonchi, jamiyat bilan tilshunoslik o`rtasidagi munosabat bunga yaqqol misol bo`la oladi.

Sotsiolingvistika fanining barcha taraqqiyot bosqichlari ushbu fanning obyekti - insonning jamiyatda sodir bo`layotgan o`zgarish, voqea-hodisalarni bevosita kuzatishi bilan bog`liq ekanligini ko`rsatadi. Bu kuzatish o`z ko`lamiga ko`ra juda keng bo`lib, ijtimoiy hayotda kechayotgan hech bir jarayon inson nazaridan chetda qolmaydi. Shu tarzda har bir sohada tilning o`ziga xos vazifaviy ko`rinishi vujudga kelib, ushbu o`ziga xoslik aynan shu jabhadagi kommunikativ jarayonda o`z ifodasini topadi.

  • Sotsiolingvistika fanining barcha taraqqiyot bosqichlari ushbu fanning obyekti - insonning jamiyatda sodir bo`layotgan o`zgarish, voqea-hodisalarni bevosita kuzatishi bilan bog`liq ekanligini ko`rsatadi. Bu kuzatish o`z ko`lamiga ko`ra juda keng bo`lib, ijtimoiy hayotda kechayotgan hech bir jarayon inson nazaridan chetda qolmaydi. Shu tarzda har bir sohada tilning o`ziga xos vazifaviy ko`rinishi vujudga kelib, ushbu o`ziga xoslik aynan shu jabhadagi kommunikativ jarayonda o`z ifodasini topadi.
  • Ma'lumki, har qanday fan tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalarni ifodalashda o`ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning bilan birga aynan bir fanning o`zi ushbu o`zgarishlarga munosabat masalasida bir qancha tarmoqlarga bo`linadi. Shu ma'noda tilshunoslikning ham bir necha sohalari mavjud: vazifaviy lingvistika, struktural lingvistika, etnolingvistika, matn lingvistikasi, psixolingvistika, sotsiolingvistika, matematik lingvistika, areal lingvistika kabilar.
  • Sotsiolingvistika til va tafakkur, kommunikatsiya jarayonida tilning funksional ko`rinishlari kabi masalalar bilan shuqullanadi. Bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida sodir bo`layotgan ijtimoiy jarayonlar davrida kishilar o`rtasida kommunikatsiya turlari son va hajm jihatdan kengayib bormoqda. O`ziga xos kommunikatsiya sohalari vujudga kelmoqda. Sotsiolingvistika faqat til hodisalarining tabiatini anglash bilan chegaralanib qolmasdan, u jamiyatimizdagi madaniy-ma'rifiy, iqtisodiy-siyosiy masalalarni hal etish bilan ham uzviy ravishda bog’liq.
  • XX asr oxirlarida mustaqillikka erishgan yosh mamlakatlar ijtimoiy hayotida til siyosati alohida o`rin egalladi va milliy tilga bo`lgan e'tibor yuqori darajaga ko`tarildi. Milliy tillarga "davlat tili" maqomining berilishi o`z huquqiy asosiga ega bo`lib, ularning qo`llanish shart-sharoitlari konstitutsiyaviy asosini topdi. Mamlakatimizda ona tilimizga davlat tili maqomi berilgandan keyin jamiyatimizning barcha sohalarida tilga bo`lgan munosabat mohiyatan o`zgardi, ya'ni o`zbek tili davlat siyosatining tayanch nuqtalaridan biriga aylandi.

Yüklə 84,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə