Badiiy matnda teng tarkibli qo‘shma gaplar



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə1/14
tarix16.05.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#110660
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

BADIIY MATNDA TENG TARKIBLI QO‘SHMA GAPLAR


Mundarija


KIRISH 3
I BOB BADIIY MATNDA TENG TARKIBLI QO‘SHMA GAPLAR 5
1.1 Tobe tarkibli qo‘shma gaplar 5
1.2 Teng tarkibli qo‘shma gaplarning mohiyati 11
II BOB BOG‘LANGAN VA BOG‘LOVCHISIZ QO‘SHMA GAPLAR 17
2.1 Bog‘langan qo‘shma gaplar 17
2.2 Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar 26
Xulosa 33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 35



KIRISH


O‘zbekistonning mustaqillikka erishganligi va hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar jamiyatimiz ijtimioy hayotida tub burilish boshlab berdi va ular o‘zbek xalqining bundan keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol o‘ynaydi.
Endilikda barcha soxani mamlakatimizning milliy extiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, avlod -ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari hamda tarixiy tajribalarini hisobga olgan holda rivojlantirish muhim dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa milliy davlat sifatida ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy normal topshiruvchi o‘z taraqqiyot yo‘lini rivojlantirish milliy istiqlol mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ommasi onggiga singdirish zaruriyatini taqazo etadi. Bu bilan nafaqat hozirgi avlod taqdiri balki, kelajak avlodning ham shunga bog‘liq ekanligini anglatadi.
Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi prizidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Til bayramidagi nutqida “Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.
Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.
O‘tmishda o‘lkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo o‘z tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi ma’lum.
Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z ona tilini — milliy g‘ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.
Bu borada ma’naviy jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulug‘ san’atkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.1

Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə