Badiiy matnda teng tarkibli qo‘shma gaplar



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə2/14
tarix16.05.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#110660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar

Kurs ishining maqsadi: Qo‘shma gaplar haqida umumiy ma’lumot to‘plagan holda quyidagilar kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi:

  • Badiiy matnda teng tarkibli qo‘shma gaplarni urganish orqali, Tobe tarkibli qo‘shma gaplar haqida ma’lumot berish

  • Teng tarkibli qo‘shma gaplarning mohiyatini nazariy jixatdan ochib berish

  • Bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni o‘zaro tahlil qilish kurs ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Kurs ishining vazifas: kurs ishining mavzusidan kelib chiqqan holda “Badiiy matnda teng tarkibli qoʻshma gap” mavzusini rejalar asosida batafsil urganish.
Kurs ishining tuzulishi: mazkur kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Har bir bob ikkitadan mavzuni o‘z ichiga oladi.


I BOB BADIIY MATNDA TENG TARKIBLI QO‘SHMA GAPLAR

1.1 Tobe tarkibli qo‘shma gaplar


Qo‘shma gaplarning umumiy lisoniy sintaktik qolipi [WPm] U [WPm] ko‘rinishiga egadir. O‘zbek tilida qo‘shma gaplarning, asosan, uch turi ajratiladi:

  1. Teng tarkibli qo‘shma gaplar (qolipi – [WPm], [WPm]).

  2. Tobe tarkibli qo‘shma gaplar (qolipi – [WPm] → [WPm]).

  3. Mutanosib tarkibli qo‘shma gaplar (qolipi – [WPm] ↔ [WPm]).

Teng tarkibli qo‘shma gaplarning mohiyati shundaki, uning tarkibiy qismlari sanalmish sodda gap kesimlarining har biri mustaqil shakllangan bo‘lib, ularni osongina alohida sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin. Chunonchi, Bormang, bormoqchimisiz? Kechasi qalin qor yog‘di, biroq havo unchalik sovimadi. Men seni deyman-u, sen kimni deysan?!
Tobe tarkibli qo‘shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar shakllangan [Pm] mavjud bo‘lsa-da, birinchi sodda gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi bo‘la olmaydi. U doimo tobe gap markazini shakllantirib, o‘z mohiyatini ochishi uchun o‘zidan keyin mustaqil kesimli gap bo‘linishini talab etadi. Masalan, Men qo‘shiq aytsam, u tinglaydi. Ergash ko‘ringan ham edi, bolalar yugurishdi. Demak, [WPm] → [WPm] qolipidan chiqqan hosilalarda birinchi gap shaklan va mazmunan ikkinchi bir gapga ehtiyoj sezadi, lekin aksincha emas.

Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə