Badiiy matnda teng tarkibli qo‘shma gaplar



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə4/14
tarix16.05.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#110660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar

tema

rema

Salima
Universitetdan
Bahorda
Gullar
Karim
Kursini

(qayerdan?) universitetdan qaytdi
(kim?) Salima qaytdi
(nimalar?) gullar ochiladi
(qachon?) bahorda ochiladi
(nimani?) kursini tuzatmadi
(kim?) Karim tuzatmadi

Gapning aktual bo‘linishi gapning shakliy bo‘linishiga qarama-qarshi turadi. Agar shakliy (formal) bo‘linishda gap tarkibidagi grammatik element (kesim, hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi kabi)larga e’tibor qaratilsa, aktual tuzilmada gapning ma’no jihatdan bo‘linishi nazarda tutiladi. Aktual bo‘linishda fikr ma’lumdan noma’lumga qarab boradi. Aktual bo‘linish gapning formal bo‘linishi bilan mos kelishi ham, kelmasligi ham mumkin3. Chunonchi, Ikki dugona olimpiadada g‘olib bo‘lishdi; Chekish mumkin emas gaplarida ikki dugona va chekish tema bo‘lib kelgan. Har ikkala gapda ham tema gapning egasi bilan muvofiq keladi. Olimpiadada ikki dugona g‘olib bo‘lishdi; Dunyoni go‘zallik qutqaradi gaplaridagi olimpiadada hamda dunyoni so‘zshakllari tema bo‘lib, sintaktik bo‘linishga muvofiq kelmaydi.


Demak, aktual bo‘linish talabi bilan gapda so‘zshakllarning tartibi har xil bo‘ladi. Va u mantiqiy birlik bo‘lgan hukmning bo‘laklanishi (subyekt ~ predikat)ga ham o‘xshaydi. Yuqoridagi xususiyatlar hisobga olingan holda, aktual bo‘linish sathi mantiqiy-grammatik sath deb nomlanadi.
Aktual bo‘linish lisoniy konstruktiv-sintaktik mohiyat bilan bog‘liq sof nutqiy hodisadir. Gapda so‘zshakllar tartibi aktual bo‘linish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa-da, buning lisoniy sintaktik qurilishga dahli yo‘q.
Aktuallashtiruvchilar qatorida tartibdan tashqari fonetik, leksik va grammatik vositalar ham mavjud. Fonetik aktuallashtiruvchilar sirasiga logik hamda emfatik urg‘uni kiritish mumkin. Logik (mantiq) urg‘usi nutq tempi va pauza bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, gapda nechta so‘zshakl bo‘lsa, shuncha miqdorda so‘z urg‘usi bo‘ladi. Gap tarkibidagi qaysi so‘zshakl mantiqiy urg‘u olsa, o‘sha so‘z shakli rema, gapning qolgan qismi esa tema hisoblanadi. Emfatik urg‘uda hissiy-ta’siriylik kuchli bo‘lib, unli yoki undoshlar cho‘ziladi, ba’zan so‘zlar takrorlanadi (Senga ka-a-atta tort keltirdim; Ko‘zlaring chchchi-royli; Men, men aytaman kabi). Emfatik urg‘u olgan so‘z shakllari remadir4.
Ba’zi gaplar tarkibida yordamchi so‘zlar (masalan, so‘z-yuklamalar) va grammatik shakllar (masalan, affiks-yuklamalar) ham so‘z shakllarining aktuallashishiga yordam beradi. Masalan, Sarvar ham keldi; Yigitning o‘zigina tushunadi kabi.O‘zbek tilidagi atov gaplar, to‘liqsiz gaplarning ba’zi ko‘rinishlari tema-rematik bo‘linishga ega bo‘lmaydi va ular kommunikativ bo‘linmas gaplar hisoblanadi. Bahor! Oppoq qor… Rahmat. Ha, mayli kabilar shular jumlasidandir. Anglatilayotgan fikr xarakteriga qarab bir gap turlicha aktual bo‘linishi mumkin: Karim / musobaqada g‘olib chiqdi – Karim musobaqada / g‘olib chiqdi kabi.
Gapning aktual bo‘linishini rus, ingliz, nemis, fransuz kabi tillarda ham kuzatish mumkin. Odatda, bu tillarda tema-rematik bo‘linish gapning formal bo‘linishi bilan mos kelmaydi. Masalan:


Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə