Badiiy matnda teng tarkibli qo‘shma gaplar


O‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap o‘xshatish ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə8/14
tarix16.05.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#110660
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar

O‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap o‘xshatish ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar. O‘xshatish ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapdan anglashilgan harakat, holat, belgi-xususiyat ergash gapdagi voqea-hodisa, belgi-xususiyatga o‘xshatiladi. Masalan: Otabek ko‘zini to‘ldirib binoga qaradi, go‘yo u bu qarashda o‘z sevgani bilan vidolashar edi. (A.Qodiriy)
O‘xshatish ergash gap bosh gap bilan quyidagicha bog‘lanadi:
1) –dek, -day qo‘shimchasini olgan fe’lning sifatdosh shakli orqali: Bahor faslining do‘la yomg‘irlari bo‘lganidek, kelinlik gashtining ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. (U.Abduazimova)
2) fe’lning sifatdosh shakli –gan egalik qo‘shimchasi kabi, singari ko‘makchilarini keltirish bilan: Daryo suvi qancha oqqani bilan kamaymagan kabi, odam qalbi dunyo-dunyo shodligu, tog‘-tog‘ qayg‘u-alamlarni sig‘dira olarkan.
3) fe’lning –guncha ravishdosh shakli bilan: Tiz cho‘kib yashaguncha, tik turib o‘lgan yaxshi.(Maqol)
4) fe’lning –sa shart mayli shakli vositasida: Bahor kunduzlari naqadar chiroyli bo‘lsa, kechalari undan ham chiroyli bo‘lishiga intiladi.(H.Shams)
O‘xshatish ergash gap bosh gap bilan yuqorida sanab o‘tilgan vositalar bilan birikkanda, o‘xshatish ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
5) –ki aniqlov bog‘lovchisi orqali: Oppoq nozik yuzi quyoshda shunday tiniq ko‘rindiki, go‘yo u nurdan yaratilganday.(O)
bu bog‘lovchi bilan birikkanda, o‘xshatish ergash gap tarkibida xuddi,go‘yo,go‘yoki kabi bog‘lovchilar ham ishtirok etadi. Bosh gap tarkibida esa o‘xshatish ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab ko‘rsatish maqsadida shunday, shunchalik, shu qadar kabi nisbiy so‘zlar qo‘llanadi: Ba’zan o‘xshatish ergash gap bosh gap bilan faqat go‘yo, go‘yoki bog‘lovchisi orqali bog‘lanishi mumkin.
Masalan: Tabiatdan allaqanday g‘ayri tabiiy jimjitlik hukmron, go‘yo dalada hamma ishlar qilib bo‘linganday.(G‘.G‘ulom)
Bunday bog‘lanishda o‘xshatish ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Qo‘shma gapning yangicha talqini quyidagicha:
1.Teng bog‘lovchili qo‘shma gap.
2.Ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gap.
3.Yuklama vositasida bog‘langan qo‘shma gap.
4.Nisbiy so‘zli qo‘shma gap.
5.Faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap.
Shunday qilib, qo‘shma gapning yangicha talqini gaplardagi bog‘lovchi vositalarga qarab ajratilgan.

Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə