Badiiy matnda teng tarkibli qo‘shma gaplar


Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə11/14
tarix16.05.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#110660
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar

Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar
Tarkibidagi ikkitadan ortiq ergash gaplar mavjud bo‘lib,bitta bosh gapga tobelangan murakkab gap bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi.
Bunday ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanish usuli ikki xil:

  1. to‘g‘ridan to‘g‘ri ergashish;

  1. ketma -ket ergashish.

1. Ergash gaplarning har biri mazmun va grammatik jihatdan biri ikkinchisiga tobelanmay, o‘zaro teng holatda bosh gapga bog‘lansa bu usul to‘g‘ridan to‘g‘ri ergashish deyiladi. Masalan: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi. Bahor kelsa, gullar ochilsa, yana avvalgiday tabiat gullar. (H.O.)

Bunday yo‘l bilan ergashish ikki xil bo‘ladi:

  1. Uyushiq ergash gaplar.

  1. Uyushmagan ergash gap.

Uyushiq ergash gaplar tarkibidagi sodda gaplar bir xil so‘roqqa javob beradi va bir turdagi ergash gap bo‘ladi. Masalan: Kim o‘ylasa onalarni, vatanni, kim mehnat qilsa, unda inson fazilati bor. Uyushmagan ergash gaplar tarkibidagi sodda gaplar har xil so‘roqqa javob beradi. Masalan: Tashqari hali yorug‘ bo‘lsa-da, eshik yopilgani uchun, derazasiz hujra qop-qorong‘i edi.(O.)11

Har bir ergash gap to‘g‘ridan -to‘g‘ri bosh gapga bog‘lanmasdan ikkinchisiga bog‘lanib, keyin bosh gapga bog‘lansa ketma-ket ergashish deyiladi. Masalan: Yillar o‘tib, qancha suvlar oqib o‘tsa ham, inson o‘z ustozini unitmaydi.
Sulton daraxt bo‘lsa, raiya tomir.
Tomirdan, ey o‘g‘lim, daraxt kuch olur (S.Sh.)

Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap.
Bunday qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordami bilan birikadi. Masalan: 1) Bahor keldi, 2) Lekin havo uncha ochilganicha yo‘g‘-u. 3) daraxtlar kurtak ota boshladi.
Bunday gaplar (bog‘la) bog‘langan qo‘shma gaplarga o‘xshasa-da, lekin sodda gaplarning miqdori jihatidan farq qiladi. ya’ni sodda gaplar miqdori ko‘p bo‘ladi.

Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə