Badiiy matnda teng tarkibli qo‘shma gaplar


Bog‘lovchi vositasiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə12/14
tarix16.05.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#110660
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar

Bog‘lovchi vositasiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
Bunday murakkab qo‘shma gaplar o‘z tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro bog‘lanish usuli, sodda gaplarning tuzilish va ma’no munosabati jihatidan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan deyarli farqlanmaydi, faqat bu gaplarda sodda gaplarning o‘zaro munosabati biroz murakkabroq bo‘ladi. Bu belgilarni quyidagicha izohlash mumkin.
1. Sodda gaplar teng munosabatda bo‘ladi. Masalan:
(1). Boshimga bolishlar botdi, (2) sen kelmading, (3) Yurakka nolishlar botdi, (4) sen kelmading. (Qo‘shiq.)
2. Sodda gaplarning bin boshqalarga nisbatan alohida vaziyatgaega bo‘ladi. Masalan:

  1. Tong chog‘i tun bilan kunduz uchrashdi,

  1. Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,

  1. Bahor bilan kuzak baxt qush uchrashdi,

  2. Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. (U.A.)

3. Ba’zi hollarda gaplar juft -juft holda o‘zaro birikadilar.(1) Qahraton o‘tkinchi - (2) tunmoq o‘tkinchi,
(3) Bahor o‘tkinchi - (4) unmoq o‘tkinchi,
(5) Yoz ham o‘tkinchi - (6) to‘lmoq o‘tkinchi,
(7) Faqat kuzak cheksiz - (8) so‘lmoq cheksiz. (U. A.)
Aralash murakkab qo‘shma gaplar



Shunday gaplar bir necha ko‘rinishga ega:
l. Bog‘lanish va ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplarda sodda gaplar o‘zaro bog‘lanish va ergashish yo‘li bilan munosabatga kirishadi. Masalan: (1) Bahor keldi, (2) lekin havo sovuq edi, (3) chunki bu yil qish bir oz cho ‘zildi.
2. Bog‘lanish yo‘li bilan va bog‘lovchisiz munosabatga kirishish yo‘li bilan tuzilgan murakkab gaplarda sodda gaplar munosabati turlicha bo‘ladi.
(1) Tuproq semiz, (2) Suv yaxshi, (3) Havosi ochiq, (4) Quyosh esa yil bo‘yi bu yerga oshiq. (Sh.)
b-siz b- siz esa

1




2




3




4






3. Har uch munosabat asosida: bog‘lanish, ergashish, bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gaplarning o‘zaro munosabati turlicha bo‘ladi. Masalan: (1) O‘rtoq Xolnazarov, (2) ovqatga ishtahasi bo‘lmay, chalqancha yotib papiros tortar ekan. (3) u ko‘z oldidan g‘alati manzaralarni o‘tkazdi va (4) toliqqan ko‘zlari uyquga ketdi, (5) tushiga ham shu manzaralar kirdi. (S. Ab.)






Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə