Badiiy matnda teng tarkibli qo‘shma gaplar



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə13/14
tarix16.05.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#110660
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar

Xulosa


«Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Inson hamisha umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz» deb birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o‘zlarining «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» asarlarida ta’kidlab o‘tganlaridek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ilk maktabga qadam qo‘ygan bolani savodga, ya’ni o‘qish va yozishga o‘rgatadilar.
Til millat qiyofasining bir bo‘lagi. Shu sababli hali mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq ona tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilgan va bu ish amalga oshirilgan edi. Istiqlol tufayli milliy tilshunoslikda tub burilishlar yuz berdi. Till va nutq hodisalarining farqlanishi, gap bo‘laklari, xususan, kesim va qo‘shma gap qurilishi bilan bog‘liq ta’limotning o‘zgarishi mavjud ko‘pgina qoidalarni qayta ko‘rib chiqish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Uzluksiz ta’limda qo‘shma gap turlarining nomlanishi, ular orasida ishlatiladigan tinish belgilari, tobe tarkibli qo‘shma gap turlarini ajratish, qo„shma gaplarning qurilish qoliplarini belgilash bilan bog‘liq qator muammolar yuzaga keldi. Tilning paydo bo‘lishi masalasi insoniyatni qadimdanoq qiziqtirib keladi. Tilning paydo bo‘lishi juda murakkabdir. Bu masala faqat tilshunoslikning emas, boshqa ko‘p fanlarning: antropologiya, psixologiya va etnografiya kabi fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – til qachon va qayerda paydo bo‘lgan, dastlab nechta til bo‘lgan, u yoki bu tillar qanday tuzilishda bolgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgan emas. Ba’zi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan.
Hozirgi tilshunoslik nuqtayi nazaridan qaralsa, narsalar bilan ularning nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog‘lanish yo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ayrim tillarning kelib chiqishini, masalan o‘zbek, rus, hind, tojik va boshqa tillarning qachon paydo bo‘lganini, qanday tarkib topganligini aniq bilish mumkin. Ammo, biror bir aniq tilning kelib chiqishi masalasini umuman tilning, insonlar nutqining paydo bo‘lishi masalasi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Hozir dunyoda mavjud bo‘lgan jonli tillarning ham, ba’zi bir o‘lik tillarning ham kelib chiqish tarixini o‘rganish u qadar qiyin masala emas. Anchagina tillarning qachon paydo bo‘lganligi, qachon tarkib topganligi aniqlangan. Biroq, yer yuzida umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganligi, dastlabki tillarda qanday so‘zlar bo‘lganligi, uning grammatik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal qilinishi ham mumkin emas. Chunki bundan bir necha yuz ming yillar burun paydo bo‘lib, keyinchalik nom – nishonsiz yo‘qolib ketgan tillar ham bo‘lgan.
Bundan bir necha yuz ming yil burun paydo bo‘lgan tillarning fonetik tizimi, so‘z boyligi, grammatikasi va boshqa muayyan xususiyatlaridan qat’i nazar, umuman tilning kelib chiqishi o‘rganilar ekan, eng avvalo, tilning kelib chiqishidagi shart – sharoitlarni tadqiq qilish, ya’ni insonlar qanday sharoitda so‘zlay boshlaganliklarini o‘rganish va bu masalani umuman tilning kelib chiqishi masalasi bilan bog‘lagan holda tahlil qilib, xulosa chiqarish lozim.

Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə