Badiiy matnda teng tarkibli qo‘shma gaplar



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə10/14
tarix16.05.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#110660
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar

Amaliy mashqlar
Bog ‘lovchisiz qo ‘shma gapni sintaktik tahlil
qilish tartibi va namunalari
1. Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turi. 2. Qo‘shma gap tuzilishiga ko‘ra turi. 3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap turini ko‘rsatish. 4. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarining semantik munosabati. 5. Bog‘-lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgini izohlash. Masalan: Osmon yiroq, yer qattiq. (Maqol.) Bu gap maqsadiga ko‘ra darak gap, tuzilishi va grammatik asosining miqdoriga ko‘ra qo‘shma gap, qismlarining bog‘lanish va semantik munosabatiga ko‘ra bog‘lovchisiz qo‘shma gap ,ohang yordamida ikki soda gap o‘zaro bog‘langan, ular orasiga vergul qo‘yiladi.10
58-mashq. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni topib ularni sintaktik tahlil qilmg.
1. Quyosh qochib ketdi, olam qoraydi. (U.A.) 2. Havo juda issiq, uzoq dalalarda, ko‘kda jimlik hukm surardi.(Sh.R.) 3. Jismimiz yo‘qolur—o‘chmas nomimiz (H.O.) 4. Men ko‘rdim, sen ko‘rmading.(Sh.R.) Ovchining so‘zi she’r otar, yigitning zo‘ri yer ochar.(Maqol.) 6. Hamal kirdi—ekinlarga amal kirdi.(Maqol.) Seni ish yengmasin, sen ishni yeng. (Maqol.) 7. Hali quyosh botmagan. uning kechki qizg‘ish nurlan barglari sarg‘aydan o‘riklarini, terak uchlarini lovillatib yondirayotgandek. (S.A.)
8. Xalqqa ayting men aslo o‘lganim yo‘q,
Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q. (H.O.)
9. Meni kutgil va men qaytarmanFaqat kutgil meni juda intizor. (K.S.)
lO.Daryolardan kuylab o‘tardim,
Qo‘shiqlarga quloq tutarman. (H.O.) 11 .Tabiat o‘zgarar ming yillardan so‘ng
Balki biz bilmagan giyohlar o‘sar. (U.) 12. Men kulaman—hayot kuladi,
Men kulaman—kulib qarar yil. (S.A.)
Murakkab qo‘shma gap
Uch va undan ortiq sodda gaplarning mazmuni va grammatik jihatdan birikishidan tuzilgan qo‘shma gap murakkab qo‘shma gap deyiladi. Bu qo‘shma gapning oddiy qo‘shma gaplardan farqi shundaki, agar oddiy qo‘shma gaplar tarkibida ikkita sodda gap kelsa, murakkab qo‘shma gapning tarkibida uch va undan ortiq sodda gaplar o‘zaro birikib keladi. Masalan: Biz shuni yaxshi bilamizki, millatlararo nizolar yaxsilikka olib kelmaydi. (Gazetadan.)
Yillar o‘tgach, yaxshilik urug‘i unib chiqadi va biz undan manfaatdor bo‘lamiz. Keltirilgan misollaming birinchisi ikkita sodda gapdan hosil bo‘lgan (oddiy qo‘shma gap), ikkinchisi esa uchta sodda gapdan tuzilgani uchun murakkab qo‘shma gapdir.
Murakkab qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi;

  1. Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab gaplar."

  1. Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab gaplar.

  1. Bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan murakkab gaplar.

  2. Aralash yo‘l bilan tuzilgan murakkab gaplar.


Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə