Falsafa asoslari


© « 0 ‘zbekiston faylasuflari m illiy jamiyati» nashriyoti, 2018



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/221
tarix22.05.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#111989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Falsafa asoslari

© « 0 ‘zbekiston faylasuflari m illiy jamiyati» nashriyoti, 2018.


MUQADDIMA
Muhtaram kitobxon!
Mana, siz «Falsafa» fanini o‘rganishga kirishdingiz. «Bu qanday 
fan?», «U nimalar haqida bahs yuritadi?» degan savollar bilan ushbu 
kitobni ochdingiz. «Falsafani nima uchun o‘rganish lozim?», «Un- 
dan olingan bilimlarni hayotda qo‘llash mumkinmi?» kabi savollar 
ham xayolingizdan o‘tgan bolishi mumkin.
Haqiqatan ham, falsafa qanday fan? Uning mazmun-mohiyati 
nimadan iborat? Bu fanni o‘rganish insonga nima beradi? Keling, 
birgalikda ushbu savollarga javob topishga harakat qilaylik.
Avvalo, ta’kidlash joizki, insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar 
orasida falsafa ilmida to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli allomalar 
merosi, ularning asarlari, g‘oya va ta’limotlari muhim o‘rin tutadi. 
Har bir davrning buyuk donishmandlari o‘z yurti va xalqining tafak- 
kuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda 
etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladi­
gan yuksak g‘oyalarni o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsad- 
lar sari yetaklovchi bunday g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga 
aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, har qanday zamonda ham insoniyat mavjud ekan, 
olam va odam qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va 
taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlaydi. Umrning mazmuni 
nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qan­
day ma’no bor kabi masalalar ham barchani o‘ylantiradi. Ehtimol, 
o‘zingiz ham shu singari bir-biridan murakkab savollarga duch kel- 
gansiz, ularga javob izlagandirsiz? Bu masalalar haqida kimlar bi- 
landir fikr almashib, bahslashgingiz ham kelar? Falsafa ana shunday 
masalalar bilan shug‘ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Olam va 
odamlar o'rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmu­
ni, dunyodagi o‘zgarishlar, O£zaro aloqadorlik va bogliqlik hamda 
taraqqiyot masalalari falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi.
Ayni paytda ko'pchiligimiz «Inson — Yaratganning mo‘jizasi, 
olamning gultoji, tiriklikning eng buyuk qadriyatidir», degan fikr­
ga o'rganib qolganmiz. Har bir kishiga umr bir marta ato etili- 
shi, avlodlar ortidan avlodlar kelishining abadiyat qonuni ekan­
ligi ham barchamizga ayon. Shunday ekan, hayotning ma’nosi 
va umrning mazmuni nimadan iborat? Sermazmun va baxtli ya-
3


shashning barchaga mos keladigan hammabop modeli, maxsus 
usullari bormi? Nima uchun ba’zi insonlarning hayoti, faoliyati 
boshqalarga namuna, ibrat bo‘ladi-yu, boshqalardan tuzukroq iz, 
biror-bir yaxshilik ham qolmaydi? Falsafaning azaliy muammolari 
bo‘lgan bu kabi savollarga javob topish uchun o‘z umri va salohi- 
yatini bag‘ishlagan ne-ne buyuk zotlar mutafakkirlar, allomalar 
o‘tganlar.
Bunday masalalar yechimini topishda falsafiy tafakkur uslu- 
bining boshqa soha bilimlaridan farqi va samaradorligi ma’lum. 
Falsafiy bilimlardan bexabar, undan yiroq bo‘lgan inson tevarak- 
atrofdagi, jamiyatdagi, narsa-hodisalardagi, tabiatdagi o‘zgarishlar, 
yangilanishlarning asosan, tashqi tomonini sezgi a’zolari vositasida 
idrok qiladi. Lekin, nima uchun bu hodisa sodir bo‘ldi? Nima uchun 
aynan shunday holatda, aynan shu vaqtda va makonda ro‘y berdi? 
Bu tasodifiy hodisami yoki zaruriymi? Yoqealar rivoji qanday davom 
etadi? Kelajakda qanday o‘zgarishlarga olib keladi? kabi savollar us- 
tida bosh qotirmaydi. Ushbu savollarga javob berishga imkon yarata- 
digan falsafiy bilimlar esa odamni fikrlashga majbur qiladi, olam va 
yashash sirlarini anglashga yordam beradi.
Qolaversa, biz yashayotgan olam turli-tuman darajada yaralgan: 
jonsiz narsalar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, kishilik jamiyati. 
Tashqaridan qaraganda bular har qaysisi o‘z qonun-qoidalariga ega 
bo‘lgan alohida bir sistemalardir. Ammo bularni yaxlit bir tizim sifa­
tida bog‘lab turuvchi, o‘zaro taqozo qiluvchi qandaydir bir bog‘liqlik, 
sababiyat, qonuniyat mavjudmi? Narsa-hodisalarning ichki, tub mo­
hiyatini bilish mumkinmi? Va bu bilimning xolis, obyektiv ekanligi- 
ga kim kafolat beradi? Shu va shu kabi savollarga javob berish uchun 
ham falsafiy bilimlar yordamga keladi, albatta. Falsafadan boshqa 
bilim sohalari yordamida bu savollarga javob berish biroz mushkul- 
lik tug‘dirishi mumkin.
Alohida ta’kidlash joizki, juda ko‘plab tabiatshunoslar, adabi­
yot, san’at va boshqa ijtimoiy sohalar vakillari, matematik, fizik, 
injener olimlar faoliyatida voqea-hodisalardagi o‘zgarishlarning sa- 
babini, o‘zaro aloqadorligini va ta’sirini ilg‘ay olishdek yetuk fal­
safiy tafakkur va mushohada namoyon bo‘ladi. Narsalarning tashqi 
tomoni, ko‘rinishi emas, balki uning ichki tub mohiyatiga yetish, 
o‘zgarishining sababini aniqlash hamda kelajagi to‘g‘risida fikrlar
4


bildirish falsafa mutaxassisi bo‘lmagan ko‘pchilik olimlarga ham xos 
fazilatlardir.
Lekin shu narsa aniqki, falsafiy bilimlar insonni hayotda o‘z 
o‘rnini topishi, tom ma’noda o‘z e’tiqodiga, fuqarolik pozitsiyasiga 
ega bo‘lishida, maqsadiga erishishida beqiyos rol o‘ynaydi. Albatta, 
faylasuflar olamni xilma-xil izohlaydilar, har bir kishining hayoti ham 
turlicha kechadi. Bu boradagi eng asosiy masala, umrni mazmunli 
o'tkazish, yaxshi nom qoldirish, el-yurt koriga yarab, odamlarga doi- 
mo kerak bolib yashash tuyg‘usini o‘ziga saodat deb bilishdir.
Shu bilan birga, hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan muammo- 
larga falsafiy munosabatda bolib, ularning yechimini topishga 
harakat qilish umrni mazmunli o‘tkazishda juda muhim ahami­
yat kasb etadi. Afsuski, bu borada oddiy tilda yozilgan falsafiy 
qo‘llanmalar, xalqchil kitoblar hali ham yetarli emas.
Odatda, mutaxassis bolmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin 
va eng mavhum fan deb hisoblaydilar. Buning sababi nimada? Bu- 
ning boisi shuki, falsafa ko‘p yillar mobaynida oddiy va ravon tilda 
tushuntirilmas, aksincha, turli qonun va qoidalar, xilma-xil ta’limot 
va g‘oyalar majmuyidan iborat murakkab bir fan sifatida talqin eti- 
lar edi. U yoki bu falsafiy qoida nega kerak, ularni o‘rganishning 
qanday ahamiyati bor, muayyan faylasuf aynan biror-bir g‘oya yoki 
ta’limotga ko‘proq ahamiyat berganining sababi nimada, nima 
uchun uning qarashlarida aynan ana shu muammo ustuvor boldi, 
degan masalalar ko‘p hollarda nazardan chetda qolar edi. Falsafa 
tarixiy voqelik bilan boglab tushuntirilmas, falsafiy ta’limotlar o‘z 
asoschilari hayotining uzviy qismi ekani yoddan chiqarilar edi.
Oqibatda nima bolar edi? Falsafa mutaxassisi bolmagan tala- 
balarning nihoyatda oz qismigina bu fanning asl mohiyatini tushu- 
nib olardi, xolos. Aksariyat yoshlar esa, falsafa olamiga kirib bora 
olmasdan, go‘yoki katta shahar boshlanadigan joyda qolib ketardi. 
Kun sayin chuqurlashib, fan sirlarini bor murakkabligicha tushun- 
tirishda davom etayotgan o‘qituvchi sanoqli talabalar bilan birga 
o‘sha shaharga kirardi, ko‘chalar, mahallalarni — falsafa dunyosini 
kezishda davom etardi. Lekin qolgan talabalar esa bu xazinadan 
bebahra bolib, shaharga kirmasdan o‘tadigan aylanma yoldan bo- 
rishga majbur bolar va shu tariqa falsafaning mohiyatini durustroq 
tushunmay, diplom olardi hamda amaliyotga ketardi.
5


Bundaylar nazarida falsafa tushunarsiz, mavhum va ortiqcha fan 
bo‘lib qoladi, faqat baho olish uchun yodlangan qonun va qoidalar 
tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini hayotga tatbiq etib 
bolmaydi, bu — foydasiz bilim sohasi, binobarin uni o‘rganishga 
ketgan vaqt bekorga o‘tdi, degan alamli qarash shakllanib qoladi. 
Agar falsafadan bilim beruvchi o‘qituvchining o‘zi ham bu sohani 
bir mahallar chetlab o‘tgan sobiq talabalardan biri bo‘lsa, masala 
yanada chigallashadi.
Aslida, falsafaning asosiy vazifasi inson ongida ezgu intilishlar, 
yuksak ma’naviy qadriyatlarga mos dunyoqarashni shakllantirishdan 
iborat. Bunday dunyoqarash biron-bir g‘oyani zo‘rlab singdirish yoki 
quruq yod oldirish orqali emas, balki ishontirish, xilma-xil fikrlarni 
o‘rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur tushuncha, tamoyillarni 
aniqlash jarayonida shakllanadi va rivojlanadi.
Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur kitobda quyidagilarga 
alohida e’tibor qaratildi:
— falsafani jahon madaniyati va sivilizatsiyasining muhim 
tarkibiy qismi sifatida o‘rganish;
— falsafiy g'oyalar, muammolar, oqim va yo‘nalishlarni tavsif- 
lashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi tamoyiliga 
amal qilish;
— har bir rrtavzuni istiqlol va 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayot­
gan tub o‘zgarishlar bilan uzviy bogliq holda tushuntirish.
Biz bu jarayonda biror-bir g‘oya, oqim, yo‘nalish yoki falsafiy 
ta’limotni mutlaqlashtirib, boshqalarining ahamiyatini kamsitish 
fikridan yiroqmiz. Aksincha, maqsadimiz ularning barchasini 
xolis talqin etish, talabalarda falsafa fani, xilma-xil falsafiy 
oqimlar, atoqli faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va 
xolisona tasawurni shakllantirishdan iboratdir.
6



Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə