Falsafa asoslari


Uyg‘onish davri falsafasi


səhifə26/221
tarix30.12.2023
ölçüsü
#165022
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   221
Falsafa asoslari

Uyg‘onish davri falsafasi. 
Bu insoniyat tarixida yuz bergan eng 
buyuk ilg‘or taraqqiyot davrlaridan biri edi. Uyg‘onish davrida 
hayotning hamma tarmog‘ida muhim, ilg‘or, hatto aytish mum- 
kinki, inqilobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan edi.
Uyg‘onish davrida Yevropada falsafaning rivojlanishiga katta 
hissa qo‘shganlardan biri nemis Nikolay Kuzaniydir (1401—1464). 
Kuzaniy ta’limoticha, Xudo hamma narsalarda mavjud, Shu­
ningdek, hamma narsalar Xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni 
bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga 
oshadi.
U Xudoni borliqning oliy va yagona asosi deb hisoblaydi. Bu 
masalada Kuzaniy shunday muhim kosmologik flkrlarni bayon 
qiladiki, hatto ma’lum darajada uni Kopernik va Brunolarning 
o‘tmishdoshi deb hisoblash mumkin. Ikkinchi masala esa bilish 
nazariyasiga nisbatan uning butunlay yangicha yondoshishidir. 
Ushbu masalalar bo‘yicha Kuzaniy tomonidan ilgari surilgan 
g‘oyalar ayrirri hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi 
nemis filosoflari tomonidan bayon qilingan fikrlarning debochasi 
edi.
Filosofiya va fan rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan 
uyg‘onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimi Niko­
lay Kopernikdir (1473—1543). Ma’lumki, fan tarixida Kopernik 
o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliotsentrik ta’limoti bilan 
mashhur bolgan. Uning ta’limoticha, insonlar tomonidan ku- 
zatiladigan quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida Yerning 
o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan va quyosh atrofida yillik 
aylanishidan iborat. Bizning planetamizning markazi Yer emas
quyoshdir. Kopernikning buyuk kashfiyoti dunyoga teologik qa- 
rashga zarba berib, tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi. Bu kash- 
fiyot Bibliyaning dunyo tuzilishi haqidagi va o‘zgarmas deb tanil- 
gan ta’limotiga zarba berdi. Agar yer olamning markazi emas, 
balki quyosh atrofida aylanuvchi planetalarning biri bolsa, unda
74


dunyoni, koinotni maqsadga muvofiq Xudo tomonidan odamlar 
uchun yaratilganligi haqidagi ta’limot asossiz bolib qolardi.
Kopernikning geliotsentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulo- 
salar chiqargan mutafakkirlardan biri italiyalik Jordano Brunodir 
(1548—1600). U Neapol yaqinida tugllgan. 0 ‘zining ilg‘or fikr- 
lari uchun Bruno dahriylikda ayblanadi va cherkovdan haydala- 
di. Italiyadan qochishga majbur boladi. Uzoq vaqt Shvetsariya, 
Fransiya, Angliya va Germaniyada quvglnda yuradi. 1592-yilda 
Bruno Italiyaga qaytib keladi, lekin cherkov inkvizitsiyasi to­
monidan ushlanib turmaga solinadi. Qiynoqlarga qaramasdan, u 
o‘zining ta’limotidan voz kechmaydi, natijada qatl etishga hukm 
qilinadi, 1660-yil 17-fevralda Rimda Gullar maydonida yoqib 
oldiriladi.
Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bolgan G ‘arbiy 
Yevropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Nider- 
landiyada XYI asrning 60—70-yillarida, Angliyada XYII asrning 
40—50-yillarida bolib o‘tdi. Bu davrga kelib, Yevropada alohida 
millatlarning shakllanishi yuz berdi, milliy davlatlar paydo boldi. 
Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or tabaqalari nazarida 
faqat tarixan o‘z umrini o‘tab qolmasdan, balki g‘ayritabiiy, 
g‘ayriaqliy bolib ko‘rina boshladi. 0 ‘sha davrning ideoioglari il­
gari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari masalasini o‘rtaga 
qo‘ydilar. Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishini ta­
lab qila boshladilar. Bor-yo‘g‘i 50—60 yil ilgari inkvizitorlar Jor­
dano Brunoni yoqib yuborganlarida lom-mim demagan Yevropa, 
endi o‘zining hayotida markaziy o‘rinni inson huquqlari egal- 
lashi kerakligini his eta boshladi. Hatto Rim papasining nomi- 
dan bolsa-da, inson umriga zomin bolishga hech kimning haqqi 
yo‘qligi, odamzodning yashash, fikr yuritish erkinligining tabiiy- 
ligi anglay boshlamdi. Albatta, bungacha ikvizitsiya bir necha 
asrlar bu hududni aqidaparastlik changalida ushlab turgan, ne-ne 
aqlli kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan edi.
Ma’naviy uyg‘onayotgan millat va hududda hech qachon aqi­
daparastlik o‘z ta’sirini tola-to‘kis saqlab q:>la olmaydi. Yevro­
pada ham xuddi shunday boldi. Ma’nan kamolga yetgan, mil­
liy davlatchiligiga ega bolgan va ana shu mustaqil davlatlarini
75


kamolga yetishi uchun qarzdor ekanligini anglab olgan Yevropa 
millatlari o‘zlarininng komil insonlarini endi inkvizitsiyaning, 
aqidaparastlarning hukmiga topshirishga sira ham haqlari yo‘q 
ekanligini angladilar. Yevropa uyg'ondi.
Yevropada aynan ana shu davrda ilgarigi, butun mintaqa 
hayoti uchun xristianlik va uning xilma-xil oqimlari umumiy 
va yagona mafkura rolini o‘tab kelgan davr tugadi. Endi diniy 
oqimlararo kurash, xristianlikning sofligini saqlashga urinish- 
ning mutlaqlashtirilishi natijasida vujudga kelgan inkvizitsiya 
ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Butun Yevropani boshqarib kelgan 
qon-qardosh va bir-biriga dushman qirollar davri ham o'tmishga 
aylana boshladi. Ilm-fan sohasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berdi. 
Odamlarning dunyoqarashi keskin o‘zgara boshladi. Endilikda 
milliy davlatlarning har biri uchun muhim bo'lgan mafkuraning 
shakllanishi zaruriyatga aylanib qoldi. Albatta bunda biz sanab 
o‘tgan omillar, ya’ni qirollik an’analari, xristianlik va uning 
oqimlari ta’siri, umumyevropaga xos xususiyatlar, Rim imperi- 
yasi davrida bir oila bolib yashagan xalqlar o‘rtasidagi hududiy 
va ma’naviy yaqinlik o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ammo, asosiy- 
si, bu davrda milliy g‘oyalar to‘la-to‘kis amalga oshishi uchun 
ijtimoiy sharoit yetildi, italiya, ingliz, fransuz va boshqa xalq­
lar o‘z davlatchilik an’analarini tola-to‘kis tikladilar. Bu davlat- 
larda shakllangan falsafiy maktablar faqat milliy qobiqqa o‘ralib 
qolmadilar, balki umumyevropa va butun jahon taraqqiyotining 
umumbashariy muammolarini falsafiy jihatdan izohlash, ilmiy 
o‘rganish va asoslashga harakat qila boshladilar. Ushbu davr 
falsafasi ham oldingiga nisbatan katta qadam tashladi. Falsafiy 
qonunlarni fanning turli sohalarida sinab ko‘rilishi o‘sha davr 
faylasuflari uchun odatiy holga aylandi. Bu tamoyillar esa milliy 
chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy qadriyatlar xususiyatiga 
egadir. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat 
tarixida eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bolib qoldi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə