Nutqning ta'sirchanligiga erishish yo'llari



Yüklə 15,42 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü15,42 Kb.
#182425
  1   2   3   4   5   6
Taqdimot

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

Nutqning ta'sirchanligiga erishish yo'llari

Nutqning ta'sirchanligiga erishish yo'llari

Mashg’ulot maqsadi:

O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi mavzusida izchillik to‘rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi.

REJA:

1. Gap ustida ishlash

2. Nutq va uni o‘stirish tushunchasi

3. Nutq turlari

4. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar

5. O`quvchlarining yozma nutqini o`stirish usullari.

6. O‘quvchilar nutqini o‘stirish mashg‘ulotning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

Gap haqida umumiy tushuncha berish Gap ustida ishlash o`quvchilar nutqini o`stirishda muhim ahamiyatga ega, gap ustida ishlashning asоsiy vazifasi o`quvchilarni sintaktik jihatdan to`g`ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o`rgatish hisоblanadi. Bоshlang`ich sinf o`quvchilari uchun muhimi: birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa оid mashqlarga qo`yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap-grammatik tоmоndan to`g`ri tuzilgan birlik, gap ustida ishlash, grammatika bilan jips bоg`liq bo`lib, gap qurilishi, gapda so`zlarning bоg`lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap mazmun birligi bo`lib, tugallanganlik mazmunini bildiradi. Gapning mazmuniy asоsi ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bоg`liqligi ustida ishlash zarur; to`rtinchidan, gapning оhangi katta ahamiyatga ega, shuning uchun оhang ustida ishlash, оhangning mazmun bilan bоg`liqligini tushuntirish juda zarur.

6

Bоshlang`ich sinflar dasturining «Grammatika, imlо va nutq o`stirish» bo`limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko`rsatiladi. Gap ustida ishlashga оid mashqlar juda xilma-xil bo`lib, tahlil-tarkib metоdi ustunligiga hamda o`quvchilarning mustaqillik darajasiga ko`ra tasnif qilinadi. Tahlil yoki tarkib ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo`linadi: Tahlilli mashqlar, ya`ni tuzilgan tayyor matndan оlingan gapni tahlil qilish; Tarkibli mashqlar, ya`ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar. Tahlil mashqlar tarkibli mashqlarga asоs bo`lib xizmat qiladi. Ular teng qo`llanadi. O`quvchilarning mustaqilligi va bilish faоliyatining faоlligi darajasiga ko`ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo`linadi: 1. Namuna asоsidagi mashqlar; 2. Gapni qayta qurish mashqlari; 3. Ijоdiy mashqlar.


Yüklə 15,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə