Nutqning ta'sirchanligiga erishish yo'llari


O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar



Yüklə 15,42 Kb.
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü15,42 Kb.
#182425
1   2   3   4   5   6
Taqdimot

O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi. 1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin. 2. Nutqda mantiqiylik bo‘lsin. 3. Nutq aniq bo‘lsin. 4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin. 5. Nutq tushunarli bo‘lsin. 6. Nutq ifodali bo‘lsin. 7. Nutq to‘g‘ri bo‘lsin.

7

Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir. Nutq fikrini bayon etish vositasigina bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvafaqqiyatli o‘stirish mumkin. Shuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi.

8

Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.”Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi”.

Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Nutqdan o‘quvchining fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchilarning barcha predmetlaridan materialni o‘zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o‘z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaratiladi.

Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildiradigan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib oladilar.


Yüklə 15,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə