Nutqning ta'sirchanligiga erishish yo'llari



Yüklə 15,42 Kb.
səhifə5/6
tarix22.03.2024
ölçüsü15,42 Kb.
#182425
1   2   3   4   5   6
Taqdimot

Boshlang‘ich sinfdagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar bilan boyitiladi. Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va terminlar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar. O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko‘rgan predmetlarini o‘qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar.

Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur: 1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. 3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.

Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurini o‘stiradi. Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya, ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlar ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirishga imkon beradi. O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til normalariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, ham doim o‘quvchi daftariga barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Har bir darsda o’quvchilar tomonidan qilingan xatolar o’qituvchi tomonidan tahlil qilish orqali to’g’irlanishi hamda keyingi xatolarni kelib chiqishda oldini olishga erishish maqsadli hisoblanadi. Shunday ekan biz avvalo og’zaki so’ngra yozma nutqdagi kamchiliklarni bartaraf qilishimiz darkor


Yüklə 15,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə