Falsafa asoslari


səhifə27/221
tarix30.12.2023
ölçüsü
#165022
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   221
Falsafa asoslari

Ingliz falsafasi. 
0 ‘sha davr falsafasining asosiy vakillaridan 
biri F. Bekon (1561—1626) yuqoridagi masala haqida shunday de­
gan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta juda 
keng bolgani holda insonlarning ma’naviy dunyosini eski chega-
76


ralar bilan o‘rab qo‘yilishi sharmandalikdan boshqa narsa emas» 
(«Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining o‘rta asr- 
lardagi taraqqiyotiga eng katta hissa qo‘shgan olimlardan biridir. 
Uning ta’limoticha, fanning yangi binosini ko‘rish uchun, to‘g‘ri 
fikrlashga o‘rganish kerak. Bekon ta’limoticha, tabiatni bilishda 
bir necha «idollar» insonga xalaqit beradi. Ular inson aqlini o‘rab 
tashlaydi. Ular asosan to‘rtta. Birinchisi urug‘ idollari, bular in­
son zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon shunday 
deydi: «insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o‘xshaydi. U narsalarning 
tabiati bilan o‘z tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq
buzuq ko‘rsatadi. Ikkinchisi, qor idollari. Bu har bir odamnning 
o‘z spetsifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular flkrlash 
ufqining cheklanishidan tug‘iladi. Bu narsa hamma narsani o‘z 
nuqtayi nazari bilan ifodalash, o‘zinnig tor doirasi bilan o‘lchash 
natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari bolib, u 
ma’lum bolgan tasavvurlarga tayanish odati, noto‘g‘ri yoki no- 
aniq termonologiyalarga tanqidiy yondashmaslik oqibatida vujud­
ga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta ahamiyat beradi. 
Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki 
uni noaniq, mavhum ifodalaydigan so‘zlar soxta tushunchalarni 
tug‘diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi. To‘rtinchisi, 
teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko‘r-ko‘rona ergashib qa~ 
dimgilarning falsafiy sistemalarini davom ettiraveradilar.
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning 
tanqidi katta metodologik ahamiyatga ega. U ijtimoiy-siyosiy qa­
rashlari bo‘yicha kuchli markazlashgan davlat tarafdori bo‘lgan. 
Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va savdo rivoj- 
lanishi o‘ynaydi.
Uning ta’limotini Tomas Gobbs (1588—1679) takomillashtir- 
gan va rivojlantirgan. Gobbs moddiylikni asosiy substansiya deb 
hisoblagan, materiyaning abadiyligi, harakatning esa mexanistik 
tarzda amalga oshishining tarafdori bo‘lgan olimdir. U matema- 
tik sifatida borliqning namoyon bo‘lishini geometriya fani nuqtayi 
nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida Gobbs ko'proq em- 
pirik jihatlarga o‘z e’tiborini qaratgan, sezgilarning bilimlar hosil 
qilish jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilgan. Jamiyat taraqqiyoti
77


va unda davlatning o‘rni hamda kelib chiqishi masalasida Gobbs 
ko‘proq xususiy mulkchilikka asoslanadi. Shu bilan birga uning 
fikricha, davlatning monarxiya shakli maqsadga muvofiq bo‘lib 
hisoblanadi.
Ingliz falsafasida Jon Lokk (1632—1704) qarashlari alohida 
o‘rin tutadi. U tajribani bilishning asosiy manbai deb hisoblaydi. 
Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib ko‘rsatiladi. 1690-yilda Lokk 
tomonidan yozilgan «Inson aqli haqida tajriba» nomli asarida 
R. Dekartning «tug‘ma g‘oyalar» to‘g‘risidagi qarashlariga qar­
shi chiqadi. Lokkning fikricha bilish tabiat va inson o‘rtasidagi 
munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu 
jarayonda hosil qilgan tushunchalari, g‘oyalari va xulosalarining 
olamga mos kelishidan iboratdir.
Ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ko‘ra Lokk davlatning o‘ziga xos 
quyidagi tamoyillarini ta’riflaydi: 1. Hokimiyatni qonun chiqa- 
ruvchi tizimi. 2. Hokimiyatning ijro etuvchi organlari. 3. Ittifoq 
federativ hokimiyati. Ana shu tamoyillar uyg‘un bolganida dav­
latning faoliyati samarali amalga oshadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə