ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat
kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
Shu bilan birga o‘z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bi
lan anglagan, hayot qonuniyatlaridan voqif bo‘lgan ba’zi yetuk faylasuf
va allomalarning hayoti ham bir tekis kechavermagan, ularning g‘oya va
qarashlar, jamiyat va millat kamoli uchun harakatlari hamma tomonidan
ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu boradagi tajriba shundan dalolat
beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini eslash va ularni sahi-
falarida saqlab qolishni xush ko‘rmaydi, kimning kim ekani haqida xulosa
chiqarishni esa odamlaming o‘ziga va kelajakka havola qilib qo‘ya qoladi.
Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy
etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan maglubiyatlar
farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta’qib etgan. Muayyan
jamiyat taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib
ketish uchun ilg‘or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa
376
buyuk falsafiy ta’limotlar, bir tomondan, madaniy-intellektuat rivojla-
nish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar
taqozosi ekanidan dalolat beradi.
Bu masalaning falsafa fani va uni o‘rganish uchun hozirgi davrdagi
turli falsafiy g‘oya va mafkuralar, ta’limot va nazariyalar bilan bog‘liq
yana bir muhim jihati ham bor. Globallashib borayotgan bugungi dun-
yoning mafkuraviy manzarasi, ro‘y berayotgan g‘oyaviy kurashlarning
asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan ushbu mavzuning tarixi,
tavsifi va ahamiyati falsafaning o‘zi kabi qadimiy va nihoyatda dol-
Yüklə Dostları ilə paylaş: |