Falsafa asoslari


Tasawuf va uning tariqatlari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/221
tarix17.02.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#100978
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221
13 Falsafa asoslari

Tasawuf va uning tariqatlari. 
Tasaw uf falsafiy oqim va diniy- 
ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko‘pgina ichki sa­
bablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning 
ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neopla- 
tonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo boldi. Tasaw uf uchun 
vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turi- 
shi, fano bolish, orif shaxsining Tangri taolo bilan ruhan bir- 
lashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so‘fiylar deb ataganlar 
va «so‘fizm» atamasi shundan paydo bolgan. Rasmiyatchilik
aqidachilikni tasaw u f ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, 
iymon-e’tiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj 
bolm aslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga 
sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga yetishish uchun qalbni pok- 
lash, nafs balosidan ozod b o lish darkor. Ana shundagina inson
42


dili nur bilan toladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, o‘zidan 
izlaydigan darajaga ko‘tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni 
qarash va tushunchalarning qullik kishanidan o‘zini ozod qiladi, 
Chunki inson qalbi hurdir.
Butun islom olamida keng tarqalgan tasavvufning yurtimiz- 
dagi eng keng tanilgan yo‘nalishlari kubraviya, yassaviya, naqsh- 
bandiya tariqat-suluklaridir.
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro (1154—1226) 
Xevada tugllgan, asarlari orasida «Sharxus-sunna val-masolix», 
«Usuli ashara», «Favoixul-jamol» kabilar mashhurdir. Kubraviya 
tariqatining mohiyati o‘nta usulda mujassamlashgan. Bular — Tang- 
riga o‘z xohishi bilan yuzlashish, zuxd fi dunyo — har qanday laz- 
zatdan o‘zini tiyish, tavakkul — Ollohga e’tiqodi pokligi uchun bar­
cha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat — xilvatni ixtiyor qilish, 
mulozamat az-zikr — uzluksiz zikr, tavajjux — Haqqa muhabbat 
qo‘yish, sabr — nafs balosidan ozod bolish, muroqaba — tafakkurga 
g‘arq bolish, rizo — Tangri xushnudligini qozonishdan iborat,
Kubro mo‘g‘ullar bilan bolgan janglarda jasorat ko‘rsatgan va 
shahid bolgan. Mo‘g‘ullar Kubroning nomi ulugligi, obro‘si ba- 
landligini hisobga olib, unga ozod bolishi, omon qolishi mum- 
kinligini, buning uchun esa qamal qilingan qal’adan chiqib ketishi 
kifoya ekanini bildirgan. Ammo Kubro bunday jon saqlagandan 
k o la , o‘z xalqi bilan birga yurt himoyasi yolida jon berishni afzal 
ko‘rgan. Rivoyat qilishlaricha, ul zot qartayib qolganiga qaramay, 
jangchilarga faol ko‘mak bergan. Buni ko‘rgan shogirdlaridan biri 
«Ustoz, anchadan beri bayroq ko‘tarib charchadingiz, uni menga 
bering», deganida, u «Agar kuchim bolganida qilich yoki kamon 
olgan b o la r edim. Bayroqni bizga qo‘yingda, siz yo qilich yoki 
nayza bilan yoglyga qarshi kurashing», degan ekan. U bayroqni 
shunchalik mahkam ushlagan ekanki, halok bolganidan keyin, 
qolidan bayroqni olishning iloji bolm aganidan, bir mo'g'ul Kub­
roning q o lin i kesib olgan ekan.
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy (П66- 
yilda vafot etgan). Turkistonning Sayram n uzofotida tugllgan, 
mashhur m utasaw if Yusuf Hamadoniyning (1140-yilda vafot 
etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan, orif maqomiga
43


erishgan. Yassaviy ustozining vafotidan keyin muayyan bir mud- 
dat uning maqomida turgan, so‘ng esa bu maqomni Abduxoliq 
G ‘ijduvoniyga qoldirib, Yassi — Turkiston shahriga qaytadi va o‘z 
tariqati, yol-yo‘riqlarini tashviq etish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda yozilgan, 
tasavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikm atlari devonida o‘z ak­
sini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga yetishish, uning ishqi- 
da parvona b o lish , undan boshqa narsaga ko‘ngil qo‘ymaslik 
haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida 
ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada o‘tkazgan. 
Yassaviy tariqati Turkiston olkasi, Ozarboyjon, Turkiya, Shi- 
molda — Qozon shahrigacha, G ‘arbda — Bolqongacha keng 
tarqalgan.
Mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140-yilda vafot 
etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan yana bir ulug‘ zot - 
Bahouddin Naqshband (1318—1389-yillar) naqshbandiya tariqa- 
tining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru 
dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Unga ko‘ra in­
son Olloh inoyati natijasi b olib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi 
lozim, uning qalbi doimo Ollohda, q o li esa mehnatda b o lm o g l 
lozim. U tasavVufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, 
ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islom- 
ning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi. Tariqat 
esa, o‘zidan kechish, fano bolishdir. Haqiqat — behuda ishlar- 
dan uzoqlashish, haq ishlarga boglanish. Demak, shariat — qo­
nun, tariqat — yo‘1, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Y ol esa 
ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.
Kubraviya, 
yassaviya 
va 
naqshbandiya 
ta’limotlari 
ma’naviyatimiz tarixida juda katta o‘rin tutgan va o‘z ta’sirini 
haligacha saqlab kelmoqda.
Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati 
va islom falsafasi rivojiga ta’siri nihoyatda katta bolgan. Uning 
hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan davlat- 
larning tashkil topishi, xalqimizning bag‘rikengligi tufayli yangi 
marralarga erishildi. Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-
44


m a’naviy yuksalish mazkur uyg‘onish davrining yorqin timsolidir. 
«Avesto» an’analari, tabiatni o‘rganishdagi yutuqlar, gumanitar 
sohadagi ijobiy siljishlar, Sharq xalqlari, arab madaniyati va is­
lom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. 0 ‘sha davrda ja ­
hon miqyosida Vatanimizning m a’naviy-intellektual nufuzi ortib 
bordi. U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi.
Afsuski, bu madaniy uyg‘onish mo‘g‘ul bosqini tufayli tanaz- 
zulga yuz tutdi. Amir va sultonlar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflar, no- 
ahillik Chingizxon bosqiniga qo‘l keldi. Bu bosqin mo‘g‘ullarning 
1218-yilda 0 ‘tror shahrini bosib olishi, uning hokimi, Xorazm- 
shohning qaynog‘asi, Inolchiqni bandi qilishi va qulog‘iga 
qaynab turgan kumushni quyib yuborishdek xunrezlikdan bosh- 
landi. Mo‘g‘ullarning hukmronligi davrida ana shunday qonxo'rlik 
tinimsiz davom etdi. Ko‘rkam shahar va qishloqlar vayronaga 
aylandi, iqtisodiyot tanazzulga yuz tutdi. Ilm-fan, madaniyat, 
jum ladan falsafa ilmi ham inqirozga uchradi.
Garchand uquvsiz hukmdor M uhammad Xorazmshoh salta- 
natni saqlab qola olmagan bo‘lsa-da, xalqimizning bosqinchi- 
larga qarshi kurashi aslo to‘xtagani yo‘q. Ba’zi tarixiy manbalar- 
ga ko‘ra, o‘sha davrda nihoyatda katta hududdan 600 mingga 
yaqin qo‘shin to‘plash m um kin edi. Bu qo‘shin to ‘planganida va 
tajribali lashkarboshiga topshirilganida Chingizxon saltanatni 
bosib olishi gumon edi. Insoniyatning o‘tm ishini yaxshi biladi- 
gan ba’zi olim va mutaxassislarning fikricha, agar shoh o‘zining 
yovqur o‘g‘li Jaloliddinni avval boshdanoq taxt vorisi etib tayin- 
laganida va qo‘shinining ixtiyorini unga topshirganida, nafaqat 
Osiyo tarixi, balki jahon tarixi boshqacharoq yo‘ldan ketishi 
m um kin edi.
Afsuski, tarix «Agar unday boMmaganida edi...» qabilidagi ta- 
moyillarni tan olmaydi. Chingiziylar bosqini Vatanimiz madaniy 
taraqqiyotini bir necha asrlar orqaga surib yubordi. 0 ‘sha davr­
da bosqinchilarga qarshi kurashning eng atoqli vakili Jaloliddin 
Manguberdi esa m illatim L ozodligi uchun olib borgan kurashi- 
ning timsoli sifatida tariximiz sahifalarida al adiy qoldi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə