Falsafa asoslari


Temuriylardan keyingi ijtimoiy jarayonlar va falsafiy tafakkur



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/221
tarix17.02.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#100978
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   221
13 Falsafa asoslari

Temuriylardan keyingi ijtimoiy jarayonlar va falsafiy tafakkur.
XVI asrdan boshlab Movarounnahrda o‘zaro urushlar, nizo- 
lar avjga chiqdi, Temuriylar davlati inqirozga yuz tutib, mayda 
davlatlarga bolinib ketdi. Natijada Shayboniylar davlati tuzildi, 
1510-yilda Shayboniyxon Ismoil Safaviy lashkarlari tomonidan 
oldirilganidan so‘ng, markazlashgan davlat inqirozga yuz tutdi.
Shayboniylardan Abdullaxon va uning o‘g‘li Abdulmo‘mm va~ 
fotidan so‘ng, XVI asr oxirida bu davlat barham topib, hokimiyat 
ashtarxoniylar sulolasiga o‘tdi. Imomqulixon (1611—1642) davrida 
davlat birmuncha mustahkamlangan bolsa-da, keyingi davrlar- 
da taxt uchun kurashlar davom etdi. Bu esa iqtisod, madaniyat
ilm-fan, adabiyot, san’at ravnaqiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa, 
tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy biiimda tanazzul 
ro‘y berdi.
XVI—XVII asrlarda falsafiy va axloqiy fikr sohasida 
Poshshoxo‘ja, Mirzajon ash-Sheroziy al-Bag‘naviy, ibn Muham- 
madjon Yusuf al-Qorabog‘iy, Muhammad Sharif al-Buxoriy va 
boshqalarning asarlarini ko‘rsatish mumkin. Bundan keyinroq 
xalqimiz falsafiy tafakkuri tarixida Boborahim Mashrab, So‘fi 
Olloyor, Turdi Farog‘iy va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy qarash­
lari muhim o‘rinni egalladi.
Ular orasida Mashrabning ijtimoiy-falsafiy va axloqiy fikrlari 
e’tiborga sazovordir. Boborahim Mashrab (1640—1711) Naman- 
ganda tavallud topadi. U Mulla Bozor Oxunddan diniy-tasav- 
vufiy ta’limot sirlarini o‘rganadi. Keyinchalik esa Gfoq Xo~ 
jaga muridlik qiladi, 1675-yilda Namanganga qaytadi. Mashrab 
o‘zining ma’naviy ustozlari sifatida Boyazid Bistomiy va Mansur 
Hallojlarni e’tirof etadi, keyingi hayotida Yaqin va O crta Sharq 
mamlakatlarining ko‘p joylarida xususan, Toshkent, Turkiston
Samarqand, Buxoro, Andijon, Xo‘jand, Bidaxshon va boshqa 
yerlarda boladi. U umrining oxirida Balxda bolib, Qunduzda 
Mahmud Qatag‘on tomonidan qatl qilinadi.
57


0 ‘zining ijtimoiy-falsafiy fikrlari bilan Markaziy Osiyo 
madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan shoir va faylasuf Mirza Ab- 
dulqodir Bedildir (1644—1721). Bedil ilmning ko‘p sohalari, xusu­
san falsafa, adabiyot, san’atshunoslik bo‘yicha ijod qildi. U hind, 
arab, eron, ko‘plab Osiyo xalqlarining ilmiy merosini chuqur 
o‘zlashtirgan yetuk olimdir. Bulardan tashqari, Bedil Sa’diy, At- 
tor, Jomiy, Hofiz, Navoiylarning she’riyati, dunyoqarashini puxta 
bilgan. Vaxdati-mavjud oqimi tarafdorlari sirasiga kirgan. Uning 
muhim asarlari «Chor unsur», «Irfon», «Ruboiyot», «G‘azaliyot» 
va boshqalardir.
Mirza Bedil ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jamiyat, inson, dav­
lat va uning kelib chiqishi, uni boshqarish yo‘llari, dehqonchilik 
va uning foydasi haqida fikr yuritdi. Ayniqsa, u insonni yuksak 
darajaga ko'tardi, uning irqi, dini va millatidan qat’i nazar hur- 
matga sazovor ekanligini uqtirdi. U odamlardagi vatanparvar­
lik, mehnatsevarlik, vafodorlik, sahiylik, samimiylikni qadrladi, 
dangasalik, takabburlik, ochko‘zlik, yolg‘onchilik, makkorlikni 
qoraladi. Bedilning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan ijtimoiy 
va falsafiy g‘oyalari o‘sha davrda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Olim o‘zining falsafiy qarashlari bilan 0 ‘zbekiston va Hindiston 
o'rtasidagi madaniy, ilmiy va do'stlik aloqalarini mustahkam- 
lashga katta hissa qo‘shdi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə