Falsafa asoslari


 ‘zbekiston hududidagi qadimgi falsafiy qarashlar. Zardushtiy-



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/221
tarix17.02.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#100978
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   221
13 Falsafa asoslari

0 ‘zbekiston hududidagi qadimgi falsafiy qarashlar. Zardushtiy-
lik ta’limoti. 
Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlari- 
gacha bolgan davr mahsuli bolgan diniy-falsafiy ta’limotlardan 
biri zardushtiylikdir. Bu ta’limotga Zardusht asos solgan bolib, 
Sharq va G ‘arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhur- 
dir. Manbalarga ko‘ra, Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning 
birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy 
shaxs ekanligi haqida aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. U o‘zini 
payg‘ambar deb e’lon qilgan. Lekin uning payg‘ambarligi ilohiy 
kitoblarda o‘z tasdiglni topmagan.
Keyingi 
yillarda 
olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
shuni 
ko‘rsatmoqdaki, bu ta ’lim ot Vatanimiz hududida, xususan, 
Xorazm zam inida paydo bolgan. Zardushtiylikning bosh k i­
tobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to‘g‘risidagi 
tasavvurlari, o‘ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda 
olamning azaliy qaram a-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomon­
lik, yoruglik va zulm at, issiqlik va sovuqlik, hayot va o lim
borasidagi qarashlar o‘z ifodasini topgan. «Avesto»da, Shu­
ningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid m a’lumotlar 
ham berilgan.
Falsafa tarixida makedoniyalik Shox Filippning o‘g li Alek­
sandr (eski o‘zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtri- 
ya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim 
o‘rin tutgan. Manbalarda Aleksandr «Avesto»ning ko'pgina qis- 
m ini yondirib yuborgani haqida ma’lumotlar bor. Bugungi kun- 
gacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bil- 
magani, uni o‘qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini 
tushunmagan va uni yoqish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan, degan 
fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqi- 
qatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir 
ibratli bolsa-da, xaspo‘shlashga urinishdan boshqa narsa emas. 
Negaki, Aleksandr o‘z zamonida fanlarning otasi deb nom ol­
gan falsafani fan darajasiga kolargan, buyuk donishmand sifatida 
yetti iqlimda tan olingan Arastudan ta’lim olgan edi. Binobatm, 
Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan kimsa 
deb ta ’riflash tarix haqiqatiga to‘g‘ri kelmaydi.
35


To‘g‘ri, u «Avesto»ni o‘tda kuydirgan bolishi mumkin. Le­
kin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki yerli 
xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular e’tiqod qo‘ygan 
milliy g‘oyalar timsoli bolgan va o‘z saltanatiga qarshi mutta­
sil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba 
ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. U, yuqorida 
ta ’kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin far- 
zandlari uchun o‘zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbayi 
b o lib qolaverishini nihoyatda yaxshi tushungan. Aleksandrdan 
keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qar­
shi urush qilib, yahudiylarning yerini bosib olganida tub aholi- 
ning madaniy boyliklarini yo‘q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning 
qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning ta- 
sodifiy emasligidan dalolat beradi.
Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birin­
chi ishi xalq va millatlarni zo‘rlik bilan bosib olish, boylikla­
rini talash bolsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o‘z tarixi va 
an’analaridan uzib qo'yish, madaniy merosini talon-taroj qilish, 
uning m a’naviyatini yo‘qotishdan iborat boladi. Tarixning bu 
achchiq sabogl mustamlakadan ozod bolgan, o‘z mustaqilligini 
saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq 
taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa b o lib xizmat qiladi.
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. U diniy-fal­
safiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan awalgi VI 
asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng 
tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand 
Sidharta urugldan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u 
«Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bolgan. Buddaviy­
lik Islomga qadar 0 ‘rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida 
mavqe jihatidan juda katta o‘rin tutadi. Bu ta’limot 0 ‘rta Osiyoga 
eramizdan awalgi И—I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga 
ko‘ra, uni Toharistonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Ku- 
shonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi.
Buddaviylikning 0 ‘zbekiston va Hindiston xalqi o‘rtasida o‘z 
davrida ma’naviy ko‘prik b o lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlari- 
miz orasidagi do‘stlik va birodarlikning ildizlari ham o‘sha davr-
36


ga borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, 
yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqi- 
shi tasodifiy emas.
Moniy ta ’limoti yurtim izda buddaviylikdan keyin keng 
tarqalgan edi. U zardushtiylik va xristianlikning sintezlashuvi 
natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha 
risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Moniy 
hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. Uning 
ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi - yaxshilik va 
zulm at dunyosi- yovuzlik bolgan. U lar o‘rtasida abadiy kurash 
boradi, inson ikki unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat 
mahsuli)dan iborat. Moniylik xalq ommasi m anfaatlarini hi- 
moya qiluvchi ta ’limot b olgani sababli hukm ron mafkura qar- 
shiligiga duch kelgan.
Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta ’limoti yuzaga kelgan. U 
eramizning V—VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi 
Mazdak (470-529-yillar) bolgan. Mazdak va uning maslakdosh- 
lari o‘z qarashlarida xalq ommasiga suyangan. Xalqning ozod­
lik, erkinlik, hurlik yolida olib borgan harakatlariga rahnamolik 
qilgani uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari 
ko‘payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish 
yolida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. 
Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo‘yish va o‘ta kambag‘allik 
qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho‘chigan shox Mazdak- 
ni turli hiylalar bilan olim ga mahkum etadi. Mazdakiylar hara­
kati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mam ­
lakatlarda muayyan darajada davom etgan.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, 
ular ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatga 
ega. Vatanimizning o‘sha davrda shakllangan va rivojlangan boy 
madaniyati, milliy m a’naviyatimiz, falsafamiz jahon sivilizatsiya- 
siga katta ta’sir ko‘rsatgan. Afsuski, Vatanimizning ana shu davr 
tarixi nihoyatda kam o‘rganilgan. Bu davrga oid manbalarning 
aksariyati esa yo'q qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida 
miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bolsa, mam- 
lakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana shu yoldan
37


borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to‘g‘risidagi 
maqsad-muddaolarni butunlay yo‘qotib yuborishga urinishgan. 
Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar 
tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda niho­
yatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning 
bosqinchilik g‘oyalariga mos kelmaydigan juda ko‘p namunalarini 
ayovsiz yo‘q qilishgan.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə