Falsafa asoslari


Qadimgi Hindiston falsafasi



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/221
tarix17.02.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#100978
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   221
13 Falsafa asoslari

Qadimgi Hindiston falsafasi. 
Qadimgi Hindiston ham in- 
soniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlab- 
ki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o‘z aksini topgan. 
«Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bolib, 
mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat 
kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan ay- 
tilgan so‘zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tari­
xi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari 
aks etgan. «Veda»lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shak- 
lida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», 
«Adharvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur 
bolgan manbalarda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli 
bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tash­
kil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki fa safiy risolabolm ay, 
balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan nom alum muallif- 
larning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har
31


xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi 
falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borliq, uning ha- 
yotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning ha­
yoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, 
axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy- 
mifologik nuqtayi nazardan bayon etilgan.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bolinadi. 
Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb 
ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa
— astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablardir. Ushbu maktab- 
larning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan- 
bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata
buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari 
surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi 
hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy 
bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-fal- 
safiy maktablar bolishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqad­
dasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik 
falsafiy maktab bolib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) mod- 
da va ruh (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo'nalishga, aso­
san, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda 
(proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali 
rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagi- 
lardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bolm agan sabab. 
Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon 
Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə