Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023


Jamiyat tushunchasi va uning strukturasi



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə38/103
tarix11.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#127138
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
falsafa majmua 2023 (4)

Jamiyat tushunchasi va uning strukturasi.
Insoniyat azal-azaldan jamoa bo`lib yashaydi. Er sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma`noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o`tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o`zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, tsivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo`llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo`lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a`zosi deb ataladi.
Jamiyattabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo`lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o`rtasida amal qiladigan juda ko`plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta`riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo`ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo`lib, jamoa bo`lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug’ mutafakkirlar e`tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan bog’lab izohlashdir.
Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o`zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma`naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o`zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san`at, g’oya, mafkura go`zallik bilan, ma`naviy kamolot yo`lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo`ladi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg’i, kommunikatsiya vositalari;
- moddiy ne`matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o`rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə