Falsafa va hozirgi zamon


Global muammolarni yechishda falsafaning roli



Yüklə 36 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2023
ölçüsü36 Kb.
#98288
1   2   3
1. Globallashuv tushunchasining falsafiy tahlili. Harakatlar str

Global muammolarni yechishda falsafaning roli. Og’ir va murakkab vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo’lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo’lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o’ziyoq odamlarni fanga o’z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni yechish yo’llarini izlashga majbur qildi.
Yuzaga kelgan vaziyatning o’ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o’rganish mumkin bo’lsa, inson, rakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o’z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni yechishidan qat’iy nazar, ular bilan bog’liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi. Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o’z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab yetishga u yoki bu darajada muhtoj bo’ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
Global muammolarning mohiyati. «Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o’rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo’llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin.
Falsafada bu vazifani yechish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo’lib, ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo’lmagan boshqa ko’p sonli muammolardan farqlanadi.
Asosiy global muammolar tizimi. Hozirgi davrning global muammolari o’z holatini vaqtda tinimsiz o’zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bo’lgan yangi muammolar kirishi, avvalgi muammolar esa, ularning yechilishiga qarab, yo’qolishi mumkin. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib, insoniyat qarshisida ko’ndalang bo’lgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig’ butun sayyorani o’z iskanjasiga olmoqda... yechilmagan muammolar soni o’sib bormoqda, ular yanada murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi» esa sayyoramizni o’z changalida tobora qattiqroq siqmoqda», deb yozgan edi1.
Ammo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo’lmasin, uni fan va falsafa yordamida yechish, ya’ni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan, ob’ektivni sub’ektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab yetish lozim. Dunyo miqyosidagi jarayonlarga ta’sir ko’rsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol yechishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini ham farqlash muhimdir.

Yüklə 36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə