Falsafa va hozirgi zamon



Yüklə 36 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2023
ölçüsü36 Kb.
#98288
1   2   3
1. Globallashuv tushunchasining falsafiy tahlili. Harakatlar str

Ta’lim muammosi. Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog’liq. So’nggi vaqt ichida jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bo’lsa, mutlaq hisobda o’sishda davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda ko’p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo’ysunadi. Pirovardida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o’sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o’qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham o’sib bormoqda (Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz). Shu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda to’laqonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog’liq funksional savodsizlik ham o’sib bormoqda.
Urush va tinchlik muammosi. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va yerda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo’lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «o’lish yo qolish?» degan mudhish savolni qo’yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Bu hol ilgari mavjud bo’lmagan imkoniyat – yerdagi hayotni yo’q qilish imkoniyatini yaratgan yadro quroli paydo bo’lishi bilan izohlanadi. Yadro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor qo’llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o’zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim inson, balki butun insoniyat o’lishi mumkin bo’lib qoldi. Teyyar de Sharden yangi vaziyatga baho berar ekan, shunday deydi: «Bir individ o’lsa, uning o’rnini doim boshqa bir individ egallaydi. Individning o’limi hayotning davom etishiga to’siq bo’la olmaydi. Ammo butun insoniyat o’lsa-chi?..»1.
Yüklə 36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə