Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) «Dunyoqarash» tushunchasi, uning moxiyati va tarixiy shakllari



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə7/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

5) «Dunyoqarash» tushunchasi, uning moxiyati va tarixiy shakllari.
Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir.
Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim.
Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar shakllanadi. Bu - dunyoqarashning o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko’pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar.
Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo’lib, ongning sodda namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va yetarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to’g’ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo’lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo’lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiy hayotiga bo’lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o’z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o’zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og’zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday ma’naviy qiyofaga ega bo’lganini hanuz ko’rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda. Masalan, qadimiy merosimiz namunasi - «Avesto»da yaxshilik ramzi - Axuramazda va yomonlik timsoli - Axriman o’rtasidagi kurash tarixi misolida oxir-oqibatda ezgulik baribir g’alaba qozonadi, ya’ni yorug’lik zulmat ustidan g’alaba qiladi, degan g’oya asosiy o’rinni egallaydi va hayotbaxsh g’oyalar ilgari suriladi.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə