Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Jaxon sivilizatsiyasi - yangi asr bo’sag’asida muammolar va ziddiyatlar



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə89/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

108) Jaxon sivilizatsiyasi - yangi asr bo’sag’asida muammolar va ziddiyatlar.
Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharq va G’arb sivilizatsiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizatsiyalarning yaxlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo’lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo’lgan yer yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo’lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bog’liq jarayonlar majmuasini o’zida aks ettiradi.
Bugungi taxlikali dunyoda insoniyatning eson-omon yashab qolishi va kelajakda baxtiyor bo’lishi jahon sivilizatsiyasining asosiy maqsadi va yo’nalishiga aylanib qoldi. Respublikamizda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo hamjamiyati faoliyati bilan hamohang kechmoqda. Zero, jahon sivilizatsiyasi xalqlar va millatlar, davlatlar va turli hududiy sivilizatsiyalarning umumiy tizimidir.
Ayrimlik, o’ziga xoslik va umumiylik o’rtasidagi munosabatni teran anglash hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini falsafiy idrok etishga imkon beradi.
Yer yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasi deb ataladigan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo’lib, ularning o’zaro ta’siri, hamkorligi sivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi.
To’g’ri, bu tizim tarkibida Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi salmoqli tarkiblar ham bor. Ular ko’p jihatdan jahon tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi, muayyan jarayonlarning yo’nalishlarini belgilaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning, kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyagacha, Andorra yoki Monakodan toki Frantsiyagacha o’z o’rni, o’ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu ma’noda, ularning har biri, hududining katta-kichikligi, aholisining soni qanchaligidan qat’i nazar, Birlashgan Millatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak, tarkiblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim element sifatida kirib boradi.
Jahon hamjamiyati o’zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa ayrimlik va o’ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa, O`zbekiston alohidalikni ifodalaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishganiga ko’p bo’lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega. Uning Markaziy Osiyodagi mavqei esa bu mintaqaning asosiy taraqqiyot yo’nalishlarini ko’p jihatdan belgilaydi.
Har bir xalq, millat o’zining betakror, noyob xususiyatlarini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyatiga qo’shilib boradi. Bunday qo’shilish ko’p qirrali, rang-barang bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi.
Jahon hamjamiyatiga qo’shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bo’lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, yer yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan xalqlarning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof etish, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, inson huquqlarini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Jahon sivilizatsiyasiga qo’shilish natijasida nafaqat iqtisodiy sohada, balki xalqlar ma’naviyati, siyosati va dunyoqarashida ham muhim ijobiy o’zgarishlar ro’y beradi. Bunday jarayonga tushgan xalqlar o’rtasida bir-biriga ishonch, o’zaro hurmat, hamkorlik hamda sodir bo’ladigan ziddiyat va ixtiloflarni o’zaro kelishuv, konsensus asosida hal qilishga intilish vujudga keladi. Bir-birining madaniy yutuqlari, qadriyatlaridan, tajribalaridan bahramand bo’lish xohish-istagi shakllanadi. Xalqlarning bir-biri bilan jipslashish tendentsiyasi yaxlit, bir butun sivilizatsiyani, insoniyatni e’zozlash kabi sayyoraviy ongni shakllantiradi. Ya’ni, milliylik va umuminsoniylikning uyg’unligi jahon sivilizatsiyasida yaqqol namoyon bo’ladi va dunyo hamjamiyatining harakat dasturiga aylanadi.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə