Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat



Yüklə 165,19 Kb.
səhifə82/92
tarix28.05.2023
ölçüsü165,19 Kb.
#113638
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

100) Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat.
Har qanday jamiyat ijtimoiy-tarixiy birliklar (urug’, qabila, elat, xalq, millat),
ijtimoiy sub’ektlar va boshqalar o’ziga xos qadriyatlar tizimiga ega bo’ladi. Bu qadriyatlar tizimida asosiy bo’lmagan qadriyatlar muayyan qatorni tashkil qiladi, turli holatlarda namoyon bo’ladi.
Jamiyat rivojining muayyan davri yoki biror davlatda ham ana shunday qadriyatlar tizimi mavjud bo’ladiki, u o’sha davr, jamiyat va davlat kishilari, ularning faoliyati uchun umumiy mezon vazifasini o’taydi. Har bir ijtimoiy-tarixiy birlik, sinf va partiyalar ham ana shunday qadriyatlar tizimi asosida faoliyat ko’rsatadilar, ulardan foydalanadilar yoki ularga erishishning turli usullarini qo’llaydilar. U yoki bu qadriyatning ahamiyatini anikdashda ana shunday tizimlar mavjud ekanligini unutmaslik, uning biror davr, ijtimoiy birlik, soha, jarayon va boshqalar uchun qanday mavqega ega ekanligini nazardan qochirmaslik lozim.
Bir qarashda qadriyatlarning shakllari son-sanoqsiz va nihoyatda tartibsizga o’xshab ko’rinadi. Aslida esa bashariyat, olam, tabiat va jamiyatda ajabtovur uyg’unlik mavjud. Qadriyat shakllari ham ularga mos ravishda ana shunday uyg’unlikda, qonuniy bog’lanishda, umumiy aloqadorlikdadir. Bunday holatda ularning klassifikatsiyasida tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar muayyan ko’lamda, qadriyat shakllari esa ular bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Qadriyatlarning umumbashariy, umumsayyoraviy va mintaqaviy hamda biror kichik hudud yoki joyga bog’liq bo’lgan shakllarini ko’rsatish mumkin. Bunda umumiylik, xususiylik va alohidalikning dialektikasi zamonaviy atamalar “global”,“zonal” va“lokal” qadriyat ob’ektlarining o’zaro munosabati tarzida zohir bo’ladi.
Jamiyatning yashashi odamlarning hayot kechirishi uchun yuqoridagi qadriyatlar bilan birga jamiyatdagi umumijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning jamiyat, uning tuzilishi, ijtimoiy birliklar va ijtimoiy ong shakllariga aloqador turkumlarini ko’rsatish mumkin. Masalan, jamiyatning tuzilishiga xos: milliy, sinfiy, irqiy va boshqalar yoki ijtimoiy ongning shakllariga bog’liq: siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy hamda jamiyatning asosiy sohalariga bog’liq: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy. Ijtimoiy qadriyat shakllari orasidagi farqlar aslo mutlaq emas, balki nisbiydir. Ular orasida o’tib bo’lmas chegaralar yo’q.



Yüklə 165,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə