Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə20/89
tarix26.05.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#88001
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

6-mavzu. Borliq falsafasi


1. Borliqtushunchasi va uningturlari.


2. Materiya va uning mavjudlik shakllari
3. fazo va vaqtning xususiyatlari


Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo`qlik» haqida baxs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko`plab asarlar yozishgan. Хush, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko`ringani bilan unga shu chokkacha barcha kishilarni birday kanoatlantiradigan javob topilgani yo`q. Bu holat borliqka turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog`lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, uy-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob’ektiv reallikning xosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor Х. Volf qullagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu soxasi o`rganadi.
Yo`qlik xech nima demakdir. Хamma narsani xech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intixosi ham yo`qlikdir. Bu ma’noda yo`qlik cheksizlik, nixoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo`qlik chekingan joyda borliq paydo bo`ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, qo`shandasi ham yo`qlikdir. Borliq yo`qlikdan yo`qlikkacha bo`lgan mavjudlikdir. Yo`qlikni xech narsa bilan kiyoslab bo`lmaydi. Fanda yo`qlik nima, degan savolga javob yo`q.
Borliq haqidagi konsepsiyalar. Тarixdan ma’lumki, faylasuflar borliq haqida turlicha G`oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo to`proKida vujudga kelgan zardushtiylik ta’limotida borliq kuyosh va olovning xosilasidir, alangalanib to`rgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb xisoblangan. Chunki bu G`oya buyicha, har qanday o`zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u borliqka mavjudlik baxsh etadi.
Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan kiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo`ladi, insonning bilimi kancha keng bo`lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb xisoblaydi.
Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo`lmagan narsa yo`qlikdir.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə