Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə18/89
tarix26.05.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#88001
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Olam tushunchasi keng qamrovli va keng yo`nalishli tushuncha bo`lib, ma’lum ma’noda vokelikka tizimli, ya’ni sistemali yondoshishni talab qiladi. Masalan, elementar zarrachalar olami tushunchasi odamga ma’lum bo`lgan va xali ma’lum bo`lmagan barcha elementar zarrachalarni qamrab oladi.
Agar biz yashayotgan butun koinotni elementar zarrachalardan tashkil topgan deb xisoblasak, bu tushuncha butun koinotni ham aks ettirishi mumkin. Yoki o`simliklar olami tushunchasini olaylik. Bu tushunchaga faqatgina o`simliklar kiradi, xayvonlar va odamlar bu olamdan chetda qoladi.
Shu nuqtai nazardan olam tushunchasi nisbiy mohiyatga ega. Ba’zi kishilar olam deganda barcha narsalarni, jismlarni, hodisalarni qamrab oluvchi universal sistemani tushunadi. Bu ma’noda olam kosmologik koinot tushunchasiga mos keladi. Ayrimlar uni cheksiz va chegarasiz, boshqalar esa koinot ma’nosidagi olamni cheklangan ob’ekt sifatida talqin etadi. Cheksizlik va chegarasizlik tushunchalari nisbiy ma’noga ega, bir sistemada cheksiz xisoblangan ob’ekt boshqa sistemada chekli bo`lishi mumkin va aksincha.
Diniy-kosmologik qarashlarda olam iloxiy qudrat kuchi bilan yaratilgan deb talqin etiladi. Bu olamning vaqtda boshlanishi borligiga, ya’ni uning chekli ekanligiga ishoradir. Islom dinidagi kosmologik qarashlarda un sakkiz ming olam haqida gapiriladi va mazkur qarash buyicha biz yashayotgan moddiy olamdan tashqari, undan mustaqil bo`lgan ko`plab boshqa olamlar ham mavjuddir, deyiladi.
Hozirgi zamon kosmologiyasida ham fanga asoslangan bir kancha konsepsiyalarda olam utkinchi, tabiiy ravishda paydo bo`lgan, degan G`oya ilgari suriladi. Bu nuqtai nazarlarda olamning paydo bo`lishidan oldingi holati «xech nima» va «yo`qlik» tushunchalari bilan izohlanadi. Angliyalik olim Stiven Loking «Olam vujudga kelmasdan ilgari nima bo`lgan?» degan savolning mantiqsizligini, vaqtning faqatgina kelajakka yo`nalgan oqimini ifodalovchi modeli vositasida asoslashga harakat qilgan. Uning fikricha, bu shimoliy kutb nuqtasidan turib qaraganda, hamma nuqtalar faqat janubga olib boradigan holatni eslatadi. Bunday holat olamning boshlanKich holatidir. Vaqtning kelajakka olib boruvchi yo`nalishigina mavjud bo`lgan holati olamning boshlanishidir. Bu holatda utmish yo`q, faqat kelajak mavjud.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə