Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


Тabiat borliqining struktura darajalari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə27/89
tarix02.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#107999
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Тabiat borliqining struktura darajalari. Biz tevarak atrofimizga nazar tashlasak, umuman borliqka emas, balki, muayyan jismlarga, narsa va hodisalarga ko`zimiz tushadi. Siz bilan biz inson sifatida Yer sharida istikomat qilamiz, o`zimizga mos keluvchi ulchovlar bilan ish yuritamiz. Biz odatlangan ulchovdagi kattaliklarni makroskopik kattaliklar, deb xisoblaymiz va bu makrodunyoni tashkil qiladi.
Shu nuqtai nazardan borliqning struktura darajalarini mikyosiy-struktura va tashkiliy-struktura darjalariga ajratamiz. Borliqdagi ob’ektlar mikyosi bilan farq qiluvchi uchta mikyosiy struktura darajalariga ajraladi. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo. Mikrodunyo atom mikyosidan kichik bo`lgan dunyodir. Bu dunyoga atom strukturasi va elementar zarrachalar, atom yadrosi, kvarklar, kernlar kiradi. Bu dunyoning yaxlitligini va turg`unligini saqlab turuvchi ikkita fundamental kuch mavjuddir, ular kuchli va kuchsiz yadroviy o`zaro ta’sirlardir.
Kuchli o`zaro ta’sirlar atom yadrosining strukturaviy yaxlitligini saqlab tursa, kuchsiz o`zaro ta’sirlar atom strukturasining yaxlitligini ta’minlaydi. Molequlalar to`zilishidan tortib, Yer sharining yaxlitligini saqlashgacha xizmat qiluvchi kuch elektromagnit o`zaro ta’sirlaridir.
Elektromagnit o`zaro ta’sirlari tufayli molequlali birikmalar va Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar o`zining strukturaviy birliklarini saqlaydi. Agar elektromagnit o`zaro ta’sirlari bo`lmaganda edi — Јuyosh nurlari (ya’ni elektromagnit nurlanishlari) Yerga yetib kelmagan bo`lar edi va Yerda hayotiy jarayonlar shakllanmagan bo`lar edi.
Yer, uning tabiiy yo`ldoshi Oy va boshqa sayyoralar Јuyosh atrofida haraqatlanadi. Bu sistemaning va umuman butun Koinotning strukturaviy yaxlitligi esa gravitatsion o`zaro ta’sirlari tufayli saqlanadi. Gravitatsion o`zaro ta’sirlari biriktirib to`rgan dunyo — megadunyo deb ataladi.
Ular bir-biri bilan chambarchas bog`langandir, shuningdek, ular bir-biriga almashinishi ham mumkin. Hozir megadunyo xisoblangan koinotimiz bundan 15-20 mlrd. yil mukaddam uta kichik mikroskopik ob’ekt bo`lgan, degan taxminlar bor. Shuningdek, biz mikroob’ekt deb xisoblayotgan elementar zarracha neytron o`zining ichida milliardlab yo`ldo`z va galaktikalariga ega bo`lgan butun boshli Koinot bo`lishi va aksincha, diametri bir necha milliard yoro`g`lik yiliga teng bo`lgan o`lkan Koinotimiz ham chetdan ko`zatayotgan kishiga uta kichik elementar zarracha xisoblanishi ham mumkin. Borliqning strukturaviy to`zilishini uning sifatiy rivojlanishi nuqtai nazaridan olib qarasak, moddiy olam bu holda ham uchta darajaga ajraladi. Uning tashkiliy struktura darajalarini: anorganiq dunyo (notirik tabiat), organiq dunyo (tirik tabiat) va ijtimoiy dunyo (jamiyat) ga ajratiladi. Ular bir-biridan xilma-xilligi, uyushganligi, nisbiy mustaqilligi va faolligi bilan farq qiladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə