Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə26/89
tarix02.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#107999
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Fazo va vaqtning xususiyatlari. Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jixatlarni ifodalashiga qarab, metrik va topologik xususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, ulchanadigan, ko`zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga qulam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi xususiyatlar kiradi.
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jixatlarini ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga o`zuksizlik, bog`langanlik, ulchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari xususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga kaytmaslik, bir ulchamlilik kabi xususiyatlar qo`shiladi.
Fazo (vaqt) ning metrik o`zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o`zgartira olmaydi, topologik o`zgarishlar esa borliqning sifatiy o`zgarishiga sababchi bo`ladi. Masalan, bir bog`langan sistemaning ko`p bog`langan sistemaga o`tishi fazo topologiyasini tubdan o`zgartiradi, ya’ni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turlicha yo`llar paydo bo`ladi. Bunday fazoda katta idishning ichiga kichik idishni sig`dirish mumkin bo`ladi. Ulcham darajasi ko`p bo`lgan sistema ulchov darajasi kam bo`lgan sistemaga nisbatan ko`rinmas va murakkab bo`ladi. Shuningdek, fazo va vaqtning metrik xususiyatlarini kuchli o`zgarishi topologik xususiyatlarining o`zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning egrilik darajasi kuchli o`zgarsa, bir bog`langan fazo ko`p bog`langan fazoga aylanishi mumkin.
.


7-mavzu Тabiat falsafasi




Reja:
2. Natur filosofiyasi- Тabiat falsafasi.
3.Noosfera va beosfera ..
4. Yerdagi hayot va biosotsial evolyutsiya.
5. Тabiat va jamiyat ,tabiiy va suniy muhit ,ularning o`zaro alaqadorligi .

Тabiat va jamiyat haqidagi konkret fanlar borliqning o`z predmetlariga mos keluvchi muayyan xususiyatlarinigina o`rganadi. Borliqning umumiy xossalari haqida esa, falsafa fani tadqiqot olib boradi.


Тabiat ob’ektlarining to`zilishi haqida. Bizning tevarak-atrofimizni xilma-xil ko`rinishdagi, shakldagi turli-tuman moddiy ob’ektlar o`rab olgan. Ular turli xil xossalarga va xususiyatlarga egadir. Bir paytlar hamma jismlar materiyaning bo`linmas shakli atomlardan tashkil topgandir, degan tasavvur xukmron edi. Atomlarning murakkab to`zilganligi haqidagi farazlar bizning asrimizga kelib o`zil-kesil tasdiklandi.
Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga ko`ra, atrofimizdagi har qanday jism molequlalardan tashkil topgan, molequlalar esa atomlardan to`zilgan. Atomlar murakkab to`zilgan yadro va elektron kobiklardan iborat. Atomning elektron kavatlari bir-biridan va atom yadrosidan muayyan o`zoklikda joylashgan bo`ladi. Eng sodda atom xisoblanuvchi vodorod atomining yadrosi bitta protondan, murakkabrok atomlarning yadrosi esa, proton va neytronlardan tashkil topadi, proton va neytronlar kvarklar va ularni tutashtirib turuvchi glyuonlar (glyuon-yopishtiruvchi degan ma’noni beradi) dan tashkil topgandir.
Proton va neytron nuklonlar (lot. nucleus — yadro, o`zak) xisoblanadi, nuklonlar va xiperon (yun. hiper-ustida, yuqoridan tashqari) lar, barionlar (yun. barys-og`ir) deyiladi. Bo`lar og`ir zarrachalar sifatida kuchli o`zaro ta’sirlar maydonida bo`lib, adronlar (yun. adros-kuchli) gruppasiga mansub.
Organiq va anorganiq moddalar molequla to`zilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Jonli organizmlar organiq moddalardan tashkil topgan bo`ladi. Jonli organizmlarning targ`ibi asosida xujayralar va xujayra sistemalari yotadi. Yer shari atrofini kurshab turuvchi biosferani bir butun jonli sistema deb olish mumkin. Mikroorganizmlar, o`simlik dunyosi, xayvonot dunyosi va insonning o`zaro aloqadorliklari bu biosferaning mavjudligini ta’minlab turadi.
Yer shari va o`z atrofida haraqatlanuvchi Oy bilan birga yilda bir marta Јuyosh atrofini aylanib chiqadi. Bu sistema ham biosferaga o`z ta’sirini o`tkazadi. Yer yo`zida mintakalarning farq qilishi, fasllarning almashinuvi ana shu sistema harakati bilan bog`langandir. Јuyosh va uning atrofida haraqatlanuvchi sayyoralar, ularning yo`ldoshlari, asteroidlar, meteoritlar, kometalar va kichik planetalar birgalikda Јuyosh sistemasini tashkil etadi. Јuyoshdan eng o`zokda joylashgan planeta Pluton uning atrofini 247 yarim yilda bir marta tulik aylanib chiqadi, ya’ni Yer yili — 365,25 kunga teng bo`lsa, — Pluton yili 247ta Yer yiliga tengdir.
Јuyosh sistemasi millionlab yo`ldo`zlarni o`z ichiga oluvchi Galaktika (Somon yo`li) targ`ibiga kiradi. Uning diametri 94,6 mln. yoro`g`lik yiliga teng. Undan keyingi sistema galaktikalar to`pi bo`lib, uning diametri 1 megaparsekka teng, u 30 tagacha galaktikani o`z ichiga oladi (1 parsek (3,26 yo. y). Keyingi sistema – galaktikalarning maxalliy to`pi, unga 2 ta gipergalektika va 27 ta mitti galaktikalar kiradi. Majmuada 500 tagacha galaktika bo`ladi, uning diametri -5 megaparsek. Galaktikalar majmuasi galaktikalarning uta majmuasiga birlashadi, uning diametri 40 megaparsek bo`lib, o`zida 10 mingdan ziyod galaktikani birlashtiradi. Uta yirik majmualar koinotning boshqa strukturaviy birliklariga kiradi. Koinotning radiusi esa 15 — 20 mlrd. yo.y. tengdir.
Bu sistemalarni falsafiy jixatdan umumlashtirib, borliqning moddiy ko`rinishlarini turli xil struktura darajalariga ajratish mumkin.
Sifatiy jixatdan materiya ikki xil shaklda, ko`rinishda uchraydi: moddasimon va nomodda ko`rinishida. Materiyaning moddasimon ko`rinishdagi shakllari ikkiga, modda va antimoddaga ajraladi. Bo`lar bir-biri bilan chambarchas bog`langan bo`lib, ular tuknashganda keskin sifatiy o`zgarish ro`y beradi, ya’ni moddaning moddaviy ko`rinishi nomoddaviy ko`rinishga aylanadi. Materiyaning nomoddaviy ko`rinishi ham ikki xil shaklda uchraydi: maydon va nurlanish. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda (fizik vakuum fizik jismlardan holi bo`lgan joy) moddiy zarrachalarning xosil bo`lishiga imkon beradi. Хullas, bo`lar ham bir-biri bilan chambarchas bog`langandir. Materiyaning biz yuqorida kayd etgan ko`rinishlaridan boshqacha ko`rinishdagi turlari ham bo`lishi mumkin. Ularning tabiati xali fanga ma’lum emas. Agar biz borliqning moddiy ko`rinishlarini to`zilishi jixatidan turkumlashtirsak, borliqning struktura darjalari haqidagi xulosa xosil bo`ladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə