Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


Anorganiq dunyo yoki notirik tabiat



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə28/89
tarix02.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#107999
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Anorganiq dunyo yoki notirik tabiatda fizikaviy va ximiyaviy aloqadorliklar xukmronlik qiladi, shu tufayli notirik tabiatdagi qonuniyatlar shu tabiat fanlari doirasida cheklangan bo`lib, tirik dunyoga nisbatan passiv va tashkiliy uyushganligi past darajada bo`ladi.
Тirik tabiatda ya’ni organiq dunyoda esa biologik aloqadorliklar ham katnashganligi sababli uning uyushganlik darajasi yuqorirok, faolrok va murakkabrok to`zilgan bo`ladi.
Ijtimoiy dunyo darajasida esa, yuqorida aytilgan aloqadorliklardan tashqari, jamiyatga xos bo`lgan ijtimoiy aloqadorliklar ham ishtirok etadi. Bunday dunyoning to`zilishi nixoyatda murakkab bo`lib, borliq bu darajada o`zining uta uyushganligini, nisbiy mustaqilligini va yuqori darajada faolligini namoyish qiladi. Bu dunyoning strukturaviy elementi bo`lgan har bir inson jamiyatga xos bo`lgan barcha aloqadorliklarni o`zida aks ettiradi va ijtimoiy munosabatlarda, aloqadorliklarda ongli ravishda, maqsadga binoan, muayyan muljallarni oldindan belgilagan holda harakat qiladi.
Bu borada oddiy bir misol keltiraylik. Masalan, qulingizdagi kitobni ham har xil, bir-biriga uxshamaydigan, ammo bir kasbdagi olim va mutaxassislar yozishgan. Agar siz, masalaga ijtimoiy dunyoning to`zilishi nuqtai nazaridan baxo bermokchi bo`lsangiz, unda mazkur kitobning kaysi qismi qanday yozilgani, kimning qanday fikrlashi, mavzuni sodda va xalqchil tushuntira olishi yoki murakkab tilda bayon qilishiga e’tibor bering. Shunda masala biroz oydinlashadi. Хuddi shunday holni sizga turli fanlardan dars berayotgan o`qituvchilar misolida ham ko`zatishingiz mumkin. Keyin esa, o`zingiz va urtoklaringizning darslarga, kitoblarga, ularni o`zlashtirib, o`qib va o`qib olishga, hayotga munosabatingizga vijdonan baxo bera olsangiz, bu boradagi murakkab jarayonlarni muayyan darajada to`g`ri anglab olishingiz mumkin. Хolbuki bu — bor-yo`qi siz, o`qituvchilaringiz va mazkur kitobni yozgan kishilar hayotining kichik bir qismidagi jarayonlar, holos. Хayot esa nixoyatda murakkab, unda bir vaqtning o`zida, birvarakayiga kanchadan-kancha voqea va hodisalar kechadi. Masalan, siz hozir ana shu satrlarni ukiyapsiz, jismingiz va xayolingizda, atrofingizda, siz bilan birga yashayotgan, siz biladigan va bilmaydigan odamlar jismi, ongi va qalbida ne-ne o`zgarishlar, jarayonlar kechmokda... Demak, tabiat doimiy o`zgarishda va harakatda, bir holatdan ikkinchi holatga o`tishda, rivojlanishda va taraqqiyotda. Siz va bizning umrimiz esa, ana shu cheksizlikning bir laxzasi, jismimiz va jonimiz ham azaliy va abadiy o`zgarishlar jarayonidagi olamning mujizasidir. Bu olamda aynan siz va bizning dunyoga kelganimiz ham ana shunday mujizadir. Biz esa mana shu yoruK olamda o`tganlarning kelajakdagi avlodlar bilan bog`lanishida bir xalqamiz, holos va aynan ana shunday bo`lganligi uchun ham tabiat, jamiyat, rivojlanish va taraqqiyot qarshisida doimiy karzdormiz. Bu karzdorlik dunyoga bizgacha kelganlar va ketganlar, keladiganlar va kelmaydiganlar, kela olganlar va kela olmaganlar ruxi qarshisidagi chuqur mas’uliyat xissidir.
Inson tomonidan nom quyilgan dunyolar xech kachon bir-biridan ajralib, aloxida holda mavjud bo`lmagan. Ular ham bir-biri bilan uzviy aloqadorliklarda bo`ladi va ularning biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Odatda, kamrok aloqadorliklarga ega bo`lgan sistema unga nisbatan ko`proqaloqadorliklarga ega bo`lgan sistemaga karganda murakkabrok va tashkiliy jixatdan uyushganrok bo`ladi. Bu yerda ham ana shu qoida amal qiladi.
Anorganiq dunyoda in’ikosning eng sodda va quyi shakli — mexanik in’ikos faoliyat ko`rsatsa, organiq dunyoda unga nisbatan murakkabrok ko`rinishdagi biologik in’ikos namoyon bo`ladi. Bunday in’ikosning o`ziga xos bo`lgan tomoni tanlovchanlik, seskanuvchanlik va maqsadga muvofiq harakat qilishdir, jamiyatda esa, in’ikosning eng oliy shakli sotsial in’ikos faoliyat ko`rsatadi. Bu in’ikos o`zida in’ikosning boshqa shakllarini ham qamrab olgan bo`ladi. Ongli va yuqori doirada uyushgan faol in’ikos, aloqadorlik, xatti-haraqatlar ijtimoiy dunyoga xosdir.
Borliq shakliy struktura darjalarining balki biz xali bilmaydigan yanada murakkabrok turlari ham bordir, lekin ular xali bizning tushunchalarimiz doirasiga siKmaydi. Хullas, borliqning tashkiliy struktura darajalari bir-biridan aloqadorliklarining soni va sifati jixatidan, energiya va informatsiya almashish xususiyati bilan, faolligi va uyushganligi darajasi bilan farq qiladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə