Fan: Alimova Dilafro’z Iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#152271
  1   2   3
portal.guldu.uz-Yerdan ko`p maqsadli foydalanish

FAN:


Alimova Dilafro’z
Iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi
Yer: Joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish
МАVZU
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti

Reja

  • Yerdan foydalanishning ko‘p maqsadliligi va ko‘pfunksionalliligi
  • Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan foydalanish va yer munosabatlari
  • Yerdan foydalanishning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy samaradorliklari tushunchalari

Yerdan foydalanishning ko‘p maqsadliligi va ko‘pfunksionalliligi


Jamiyat va iqtisodiyot tomonidan yer resurslaridan foydalanish tinimsiz xarakterga ega bo‘lgan obyektiv jarayonni aks ettiradi, chunki jamiyat va iqtisodiyot o'zining moddiy va boshqa manfaatlarga bo'lgan doimiy o'sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish uchun yerdan foydalanishni to'xtata olmaydi, siklli takror ishlab chiqarish jarayoni kechadi. Chunki, foydalanilayotgan yer resurslari doimiy rivojlanuvchi jamiyat va iqtisodiyotning zarur manfaatlarini muttasil qondirish maqsadida takror ishlab chiqishni talab qiladi, jamiyat va iqtisodiyotning har xil moddiy va boshqa turdagi ehtiyojlarini qondirish talablari sababli ko'p maqsadli va ko'p funksiyali xarakterga ega.
Shuni e'tiborga olgan holda quyidagi 1-sxemada yer resurslaridan foydalanish tizimi yerning o'ziga xos xususiyatlari bilan o'zaro bog'liqligi ifodalangan bo'lib bunda yer ko'p maqsadli va ko'p funksional obyekt sifatida qaralmoqda va uning to'rtta qirrasi, ya'ni “tabiiy resurs”, “iqtisodiy resurs- kapital”, “ko'chmas mulk obyekti” va “xojalik yuritish obyekti” sifatidagi xususiyatlari har biri bo'yicha alohida tahlil qilishni taqozo qiladi. Tahlil natijalariga ko'ra, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va yerning ko'p funksionallik xususiyatlari yerdan foydalanish tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarida o'z aksini topishining o'ziga xos modeli sifatida baholash mumkin.
Yer makon asosi (inshoot va imoratlarni joylashtirish uchun) bo'lish bilan bir qatorda ishlab chiqarish vositasi, qishloq va o'rmon xo'jaligida esa, asosiy ishlab chiqarish vositasi ham bo'lib hisoblanadi – yerning unumdorligi mahsulot ishlab chiqarishga bevosita ta'sir etadi va ko'pchilik hollarda uning natijasini belgilaydi. Boshqa tarmoq va sohalarda yer va uning unumdorligi bunday tavsifga ega bo'lmasada, u xo'jalik yuritishda muhim ishlab chiqarish vositasi bo'libgina qolmasdan, balki ishonchli aktiv va kapital ham hisoblanadi. Shuning uchun ham yer jahon amaliyotida “asosiy kapital” tushunchasiga kiritiladi va uning moddiy va ma'naviy jihatdan eskirish xususiyatiga ega bo'lmasligi uni “tabiiy resurs”, “ko'chmas mulk obyekti” va “xo'jalik yuritish obyekti” sifatidan ham ko'ra ko'proq “iqtisodiy resurs-kapital” sifatida tadqiq etishga e'tibor beriladi.
Bunday yondashuv esa, birinchidan, yer resurslaridan foydalanish tizimi va uning tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlariga oid ilmiy qarashlarning shakllanishiga, ikkinchidan, yer resurslaridan foydalanish jarayoniga ta'sirchan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm usullarini qo'llash orqali yer resurslaridan samarali foydalanishni rag'batlantiruvchi uslublarni joriy qilishga va, uchinchidan, yer egasi va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari doirasini ilmiy asoslangan holda aniqlash imkonini beradi.
Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, nazariy jihatdan, avvalo yerni ko'p funksional obyekt sifatida ifodalovchi “tabiiy resurs”, “iqtisodiy resurs-kapital”, “ko'chmas mulk obyekti” va “xo'jalik yuritish obyekti” tushunchalarining o'ziga xos xususiyatlarini to'g'ri talqin qilish va ular orasidagi farq va chegarani aniq belgilab olgandan so'nggina yerlarni soliqqa tortish, ularni kredit uchun garov ta'minoti sifatida baholash, yer uchastkalarini xususiylashtirish va boshqa iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish haqida gapirish mumkin.
Ma'lumotlarni tahlil qilish yer kurrasining umumiy maydoni, ya'ni sathi 510 mln km2 yoki 51 mlrd gektarni tashkil etishini ko'rsatadi. SHundan 134 mln km2 yoki 13,4 mlrd gektari yer fondidir. U qit'alar bo'yicha quyidagicha taqsimlangan: jumladan Osiyo qit'asida 33,1 foiz, Yevropada – 8,0 foiz, Afrikada – 22,5 foiz, Amerikada (shimoliy va janubiy) – 30,1 foiz va nihoyat Avstraliya hamda Okeaniyada – 6,3 foiz. O'zbekistonning yer fondi 2019 yilning 1 yanvariga ko'ra 44896,8 ming gektarni tashkil etadi. Jahonning hamda O'zbekiston Respublikasining yer fondini amaliy jihatdan bir gektarga ham ko'paytirish imkoni yo'q. Shuning uchun ham yer fondi iqtisodiyotda miqdor va sifat jihatidan cheklangan resurslar tarkibiga kiritilgan. Lekin ushbu resurslarga jahondagi kabi O'zbekistonda ham ehtiyoj va talab yil sayin oshib bormoqda. Bunga eng asosiy sabab, birinchidan, aholi sonining tobora o'sib borishi bo'lsa, ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning yer resurslariga bo'lgan ehtiyojlarining to'xtovsiz oshib borishidir.
Eng muhimi, urbanizatsiya va ekologik jarayonlarning yer fondi holatiga salbiy ta'siri natijasida yer resurslarining degradatsiyalashuvi oqibatida foydalanish uchun iqtisodiy jihatdan qulay yerlarning kamayib borishi yer fondining cheklanganligini yanada keskinlashtirib yubormoqda. Ayniqsa, aholi sonining ko'payishi natijasida uning barcha turdagi (uy-joy, korxonalar) qurilishlari uchun ma'lum miqdordagi yer ajratilishi oqibatida foydalaniladigan yer maydoni kamayib boradi. Bunday holat, qolgan yerlardan samarali va to'liq foydalanishni taqozo etadi. Jahonning ayrim qit'a va mintaqalarida ushbu holat nihoyatda dolzarb muammoga aylanmoqda. Mazkur muammoning yanada dolzarb bo'lishiga ko'plab omillar singari aholining joylashishi katta ta'sir qilmoqda. Masalan, jahon aholisining 60,55 % Osiyo qit'asida, 11,15 % Yevropada, 13,73 % Afrikada, 13,76 % Amerika qit'asida va 0,81 % Avstraliya va Okeaniyada joylashgan. Bugungi kunga kelib esa jahon aholisi 8,0 milliardga yaqinlashib qoldi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə